Uch kun davom etadigan ushbu madaniy tadbir jamoatchilikni, muxlislarni arab xattotligi va bezak san'ati bilan bog'liq nafis rasmlarda qo'llanadigan uslublar bilan yaqindan tanishtiradi.
Shahar Mintaqaviy madaniyat boshqarmasi bo'lim boshlig'i Nadiya Berchid xonim Mag'rib Arab matbuot agentligiga ta'kidlaganidek, arab davlatlari san'atkorlik tajribasi va asarlari namoyish qilinayotgan Halqaro arab xattotlik va bezak san'ati festivali joriy sessiyasi dasturi rang-barangligi bilan ajralib turadi. “Muzey va san'at galereyasi kechasi”ning milliy miqyosdagi uchinchi davrasiga to'g'ri kelgan anjuman qatnashchilar uchun ko'plab muzeylar, madaniyat maskanlarini tomosha qilish uchun qulay imkoniyatdir.
Tadbir davomida nazariy va amaliy seminarlar ham tashkil etiladi.
Muharrama Pirmatova, O'zA
Bugun, chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda rais o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning murojaatlari, fikr va mulohazalarini tingladi.
Qabul davomida shar’iy hukmlar, oilaviy masalalar, moddiy yordam so‘rovlari kabi mavzular tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan masjidlarni obodonlashtirish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan bildirilgan takliflar ham qayd etildi.
Vakolat doirasidagi masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi va fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati