Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Mart, 2026   |   13 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:56
Peshin
12:40
Asr
16:30
Shom
18:19
Xufton
19:30
Bismillah
02 Mart, 2026, 13 Ramazon, 1447

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolg‘on xabar bo‘yicha RASMIY XABARNOMA

08.08.2020   7344   1 min.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolg‘on xabar bo‘yicha  RASMIY XABARNOMA

Shu yil 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga go‘yoki nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta’sischisi Mubashshir Ahmad ma’qullandi, degan mazmundagi xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Mazkur asossiz xabar tarqalgan zahotiyoq, Azon.uz tahririyati ushbu xabar noto‘g‘ri ekani, unga ko‘r-ko‘rona ishonib ketmaslikka chaqirib, raddiya e’lon qildi.

Ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida Usmonxon Alimov hazratlari faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Biz, fazilatli muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga uzoq yillar mo‘min-musulmonlarimiz xizmatida bardavom bo‘lishlarini Alloh taboraka va taolodan so‘raymiz.

Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta’limotlariga ko‘ra, qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tamiz.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz.
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fitna nima?

27.02.2026   2980   1 min.
Fitna nima?
INFOGRAFIKA