Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446

2. BAQARA (sigir) SURASI. 23-24 OYATLAR

12.07.2020   4019   3 min.
2. BAQARA (sigir) SURASI. 23-24 OYATLAR

وَإِن كُنتُمۡ فِي رَيۡبٖ مِّمَّا نَزَّلۡنَا عَلَىٰ عَبۡدِنَا فَأۡتُواْ بِسُورَةٖ مِّن مِّثۡلِهِۦ وَٱدۡعُواْ شُهَدَآءَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمۡ صَٰدِقِينَ٢٣

  1. Agar Biz bandamizga tushirgan narsa xususida shubhada bo‘lsanglar, sizlar ham birgina shunday sura keltiringlar va agar rost aytayotgan bo‘lsanglar, Allohdan o‘zga guvohlaring bo‘lsa, chaqiringlar.

O‘sha paytda arablar nihoyatda so‘zga usta, shoirtabiat, zukko va balog‘at bilan so‘zlovchi bo‘lishgan. Shu bois Muhammad alayhissalom Makka mushriklariga Qur’on oyatlarini tilovat qilganlarida ular "Muhammad ham bir shoir-da, bularni o‘zi yozgan bo‘lsa kerak" deya uning ilohiy vahiy ekaniga ishonishmagan. Shuning uchun Parvardigor aytyaptiki, Qur’oni karimning Alloh taolo tarafidan tushirilganiga shak-shubha qilsangiz, uning barobarida emas, balki kichik bir surasiga o‘xshash narsani keltiringlar-chi! Agar bandamiz va elchimiz Muhammadga (alayhissalom) tushirgan Kitob, ya’ni Qur’oni karim xususida shubha-gumonlarga borib, uni Payg‘ambarning o‘zi yozgan deb o‘ylayotgan bo‘lsangizlar, o‘zlaringiz ham uning birgina surasiga o‘xshagan narsani yozinglar-chi! Yoki rostgo‘ylik da’vosida bo‘lsangiz va Allohdan boshqa guvohlaringiz bo‘lsa, ularni ham guvohlikka chaqiringlar-chi!

فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ وَلَن تَفۡعَلُواْ فَٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِي وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلۡحِجَارَةُۖ أُعِدَّتۡ لِلۡكَٰفِرِينَ٢٤

  1. Agar bunday qila olmasanglar, hargiz qilolmaysizlar ham, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan, yoqilg‘isi odamlar va toshlardan bo‘lgan do‘zaxdan saqlaninglar.

Agar Qur’on suralariga o‘xshash bir sura keltira olmasangizlar (keltira olmaysizlar ham!), aniq bilingki, bu Allohning Kitobidir. Allohning azobidan najot topish uchun Unga shakkoklik qilmanglar. Aks holda Allohga va Uning Kitobiga kufr keltirgan kimsalar uchun hozirlab qo‘yilgan, yoqilg‘isi odamlar va toshlardan bo‘lgan do‘zax azobiga giriftor bo‘lasizlar. Qur’oni karim oyatlari ilohiy kalom bo‘lgani uchun unda insonlar har qancha tirishsa ham uddalay olmaydigan fikrlar musaffoligini, oyatlar musiqaviy ohangini, Qur’on tili fasohatli, ma’noga boy, tashbehlarga to‘laligini, undagi nutq ta’sirchanligini ko‘ramiz. Bunday fasohatli so‘z tizimi arab olamida Islomgacha ham, Islomdan keyin ham bo‘lmagan edi. Qur’on fasohati, uning inson aqli va tafakkurini ojiz qoldirishi, Allohning kalomidagi juda ko‘p fikr va kashfiyotlarning hozirgi asrimizga kelib ilm-fan kishilari tomonidan kashf etilishi ham u maxluq so‘zi emasligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun Qur’oni karimdagi birorta so‘zning o‘rnini almashtirish yoki boshqasini qo‘yish mumkin emas. Go‘yo har bir so‘z millionlarcha kalom ichidan har tomonlama o‘ylanib, taroziga solinib tanlab olinganday. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan Qur’on mazmuni haqida so‘rashganida bunday deganlar: "Unda (Qur’onda) sizdan oldin bo‘lgan narsalarning axbori va sizdan keyingi narsalarning xabari va o‘rtalaringizdagi narsalarning hukmi bor. U ajratuvchidir, hazl emasdir. Kim bir jabbordan qo‘rqib, uni tark qilsa, Alloh uni sindiradi. Kim Undan boshqadan hidoyat izlasa, Alloh uni zalolatga ketkazadi. U – Allohning metin arqonidir. U – hikmatli zikrdir. U – sirotul mustaqiymdir. U – uning ila havoi nafslar toymaydigan, U – uning ila tillar tutilmaydigan, U – ulamolar Undan to‘ymaydigan, U – ko‘p tarqalish bilan eskirmaydigan va ajoyibotlari tugamaydigan ilohiy kalomdir".

Tafsiri irfon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda

21.04.2025   1735   1 min.
Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda

Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Mavsum boshidan shu choqqacha 83 ming 274 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 508 478 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi.

Oilaviy sharoit va tushunchalaridan kelib chiqib, ular bilan tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.

Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda
O'zbekiston yangiliklari