Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Dekabr, 2025   |   16 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:10
Quyosh
07:35
Peshin
12:20
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
07 Dekabr, 2025, 16 Jumadul soni, 1447

Ramazoniy o‘ylar: qadr kechasida nimani talab qilish kerak!

19.05.2020   10309   1 min.
Ramazoniy o‘ylar: qadr kechasida nimani talab qilish kerak!

Abdulhamid ibn Badis rohimahulloh aytadilar: “Inson “Qadr kechasi”ni topishga jiddu jahd qiladi. Biroq bu harakat dunyo talabida emas, din talabida bo‘lishi lozim. Ko‘pchilik insonlar
“Qadr kechasini topsam, falon-falon dunyoni so‘rab olaman”, deb orzu qiladilar. Kimning xayoliga shunday o‘y kelgan bo‘lsa, Alloh taologa tavba qilsin! Zero, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

مَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الْآخِرَةِ نَزِدْ لَهُ فِي حَرْثِهِ وَمَن كَانَ يُرِيدُ حَرْثَ الدُّنْيَا نُؤتِهِ مِنْهَا وَمَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِن نَّصِيبٍ {الشورى/20}

Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o‘shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba (savob) bo‘lmas (Shuro surasi, 20-oyat).

To‘g‘ri, dunyoni Alloh taolo belgilab qo‘ygan sabablari bilan talab qiladigan insonga e’tirozimiz yo‘q. Bu o‘rindagi tanbehimiz butun g‘am-tashvishi dunyo bo‘lib oxiratni umuman o‘ylamaydigan kishilarga qaratilgandir. Bunday kishilar “Qadr kechasi”ida dunyoni so‘rab kechasi bilan mijja qoqmay chiqadilar, biroq oxirat masalasidan butkul g‘aflatda bo‘ladilar.

Bu o‘rinda dunyo talabida bo‘ladi, deyilganida din va oxiratga umuman aloqasi bo‘lmagan dunyoviy maqsadlar nazarda tutildi.

G‘iyosiddin Habibulloh tarjimasi

Boshqa maqolalar

"Agar" so‘zi shayton amalini ochadi

05.12.2025   10303   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Kuchli mo‘min Alloh taologa kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir. Har ikkalasida yaxshilik bor. Senga foyda beradigan narsaga haris bo‘l. Allohdan yordam talab qil. Ojizlik qilma. Agar senga biror musibat yetsa, agar undoq qilganimda, bundoq bo‘lardi, deb aytma. Lekin, Allohning taqdiri, U xohlagan narsa bo‘ladi, degin. Chunki "agar" kalimasi shayton amalini ochadi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan