Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447

BAA: politsiyachilar “aqlli“ qalpoq orqali koronavirusni yuqtirgan bemorlarni aniqlashmoqda

26.04.2020   2022   1 min.
BAA: politsiyachilar “aqlli“ qalpoq orqali koronavirusni yuqtirgan bemorlarni aniqlashmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorni aniqlab beradigan “aqlli“ shlem yaratildi. Unga o‘rnatilgan infraqizil nurli kamera va qiyofani aniqlovchi texnologiya besh metr atrofdagi 200 kishining tana haroratini ko‘rsatib beradi. Agar kimningdir “gradusi“ me’yoridan ortiq bo‘lsa, shu zahoti bu haqda signal beradi.
 
Bu haqda "RIA Novosti" o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
 
Ayni paytga kelib Dubay shahridagi metro va avtobus bekatlarida nazorat hamda kuzatuv olib boradigan barcha politsiyachilar ana shunday temir bosh kiyim bilan ta’minlangan.
 
Bugungi kunga kelib BAA COVID-19ni yuqtirish holatlari bo‘yicha Fors ko‘rfazidagi oltita davlat ichida ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda 24 aprel kuni 525 kishi infeksiyaga chalingan.
 
BAAda tojli virus bemorlarining umumiy soni 9,2 mingdan ortiq, 64 inson ushbu kasallik qurboni bo‘lgan.
 
UzA
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Ilm ustozdan o‘rganiladi: 11 son

26.11.2025   27   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.

Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.

Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi

Videolavhalar