Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2026   |   20 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:16
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2026, 20 Rajab, 1447

Dexqonchilikda baraka bor

20.04.2020   2850   3 min.
Dexqonchilikda baraka bor

Alloh taolo aytadi: “U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g‘ujum-g‘ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog‘lari chiqaramiz. Bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi g‘o‘rasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat – belgilar bordir”(A’nom surasi 99 oyat)

Ushbu oyatlar musulmonlarni doimo izlanishga, ilmga targ‘ib qilgan. Shuning uchun, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlaridan boshlab, keyingi musulmonlar davrlarigacha boshqa ilmlar bilan birgalikda nabotot ilmiga ham qiziqish juda katta bo‘ldi. Buning natijasi o‘laroq musulmon o‘lkalarda qishloq xo‘jaligi va ziroatchilik misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi.

Dehqonchilik sohasida mahsulotlarning eng yaxshisi va ko‘p qismi musulmon yurtlarda yetishtirilgan va ortiqchasi boshqa yurtlarga sotilgan. Boshqa xalqlar bu sohada musulmonlardan dars olganlar, tajriba o‘rganganlar. Hozirgi kunda rivojlangan g‘arb davlatlari tilida ba’zi bir mashhur qishloq xo‘jaligi ekinlari va mahsulotlari musulmon xalqlari tilidan olingan ko‘chma so‘zlar bilan atalishi ham bunga yorqin dalildir. Boshqa ilmlar qatori nabotot ilmi ham musulmonlar tomonidan qilingan harakatlar tufayli ilm sifatida shakllandi va taraqqiy etdi. Albatta, qadimdan inson nabotot bilan qiziqib uni o‘rganib kelgan, ammo Islom dini o‘simliklarni o‘rganishni haqiqiy ilmiy bahsga aylantirib, alohida bir ilm paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Dinimiz biz musulmonlarga eng afzal kasb, eng halol kasb bo‘lgan bog‘dorchilik va dehqonchilik ekanligini bildirib, qanchalik darajada ajrlarga ega bo‘lish mumkinligini, hatto insoniyatning avvali bo‘lgan Odam alayhissalom ham dehqonchilik bilan shug‘ullanganlari, ziroat nafaqat eng afzal kasb, eng halol kasb, balki azaliy va qadimiy ulug‘ ish ekanligini bildiradi.

Dexqonchilik va ziroatchilik ulug‘ fazilatli amaldir. Chunki ko‘plab oyati karimalarda va xadisi shariflarda bog‘lar va dalalarning xosili Allox ta’oloning izni va irodasi bilan yetilishi va xosil berishi bayon etilgan. Bu esa dexqon va bog‘bonlarning mehnati Allohni nazari ostida ekaniga dalolat qiladi. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Qay bir musulmon biror ko‘chat eksa yoki ekin eksa, undan qush, odam yoki biror janivor yesa, ekkan kishiga sadaqa qilganning savobi yoziladi” – dedilar (Imom buxoriy rivoyati).

  Dehqonlardan hamma manfaat oladi. Alloh taolo ularni hamma jonzotning rizqiga sababchi qilib qo‘ygan. Shuning uchun ham kasblarning ichida Islom dinimiz ulamolari nuqtayi nazarida dehqonchilik eng afzal kasb hisoblanadi. Shuning uchun ham qiyomat qoim bo‘lib, jannatilar jannat eshiklari oldida to‘planib kim birinchi kiradi, deyilganida dehqon, deyiladi.

Mashhur mashoyixlardan biri shunday deydi: Ey aziz va mukarram Odam bolasi! Bir narsani bilib qo‘yki, bu dunyoda amaling urug‘larini ekmoqdasan. Bu dunyo bamisli sening ekinzoringga o‘xshaydi, o‘lim u ekilgan amallaring yig‘im-terimidir, oxirat esa xirmoningdir. Kim nima eksa, xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon bo‘lsin, o‘sha narsani yig‘ib oladi.  

 

“Abu Bakr Qaffol shoshiy”

jome  masjidi imom xatibi

Qurbonali TURSUNOV

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Hanafiy mazhabining tarqalishi

09.01.2026   1358   1 min.
Hanafiy mazhabining tarqalishi

Shayx Said Fuda

INFOGRAFIKA