Sayt test holatida ishlamoqda!
29 May, 2025   |   2 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:32
Shom
19:51
Xufton
21:25
Bismillah
29 May, 2025, 2 Zulhijja, 1446

Onlayn: Toshkentdagi “Islomobod” masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yiladi

11.03.2020   2272   1 min.
Onlayn: Toshkentdagi “Islomobod” masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yiladi

Bugun, 11 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Islomobod” jome masjidining yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Samarqandiy hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh ulamolar eng ezgu niyat va duolar ila jome masjid poydevoriga tamal toshini qo‘yadilar.
Tadbir haqida batafsil ma’lumotni saytimizda o‘qing!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

26.05.2025   3163   2 min.
Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

Ibrohim ibn Adham Basrada ekanliklarida u kishini odamlar qurshab olishib: “Nimaga biz duo qilsak ijobat bo‘lmayapti? Holbuki, Alloh taolo: «Parvardigoringiz: “Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!” dedi...»[1], deyishdi.

Ibrohim ibn Adham javob berib aytdilar: “Ey Basra ahli, o‘n narsa sababli qalblaringiz o‘lib bo‘lgan bo‘lsa, qanday qilib duolaringiz ijobat bo‘lsin?!

1. Allohni tanib turib, Uning haqqini ado qilmaysiz.
2. Qur’onni o‘qib turib, unga amal qilmaysiz.
3. Rasulullohning muhabbatlariga da’vogar bo‘la turib, u zotning sunnatlarini tashlab qo‘yasiz.
4. Shaytonning dushmanligini aytasiz-u, o‘zinigiz unga itoat qilasiz.
5. Jannatga kirishga da’vogarsiz-u, buning uchun amal qilmaysiz.
6. Jahannamdan qutulish da’vosida bo‘la turib, o‘zingizni unga uloqtirasiz.
7. O‘lim haq deb turib, unga tayyorgarlik ko‘rmaysiz.
8. O‘zingizning kamchiliklaringiz qolib, boshqalarning ayblari bilan ovorasiz.
9. O‘liklarni ko‘masizlar-u, undan ibrat olmaysiz.
10. Allohning ne’matlarini yeb, shukr qilmaysiz”.

Duolarimiz ijobat bo‘lishini xohlasak, ushbu o‘n narsa borasida nafsimizni tergab, hisob-kitob qilishimiz darkor ekan.

Qalbingiz qalblarning qay bir toifasidan?!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Qalblar to‘rt turlidir: (Birinchisi) Nur taratadigan chirog‘i bor sof qalb. (Ikkinchisi) G‘ilofli qulflangan qalb. (Uchinchisi) Teskari qalb. (To‘rtinchisi) Ikki tomonli qalb. Sof qalbga kelsak, u mo‘minning qalbi bo‘lib, uning chirog‘i nuridir. G‘ilofli qalb esa kofirning qalbidir. Teskari qalb munofiqning qalbi bo‘lib, u tanib, so‘ng inkor qilgan qalbdir. Ikki tomonli qalb esa o‘zida iymon va munofiqlikni jamlagan qalbdir. Undagi iymon pokiza suv bilan o‘sadigan o‘simlikka o‘xshaydi. Undagi munofiqlik esa qon va yiring bilan kattalashadigan yaraga o‘xshaydi. Qaysi biri ko‘p bo‘lsa, shunisi ustun keladi”[2].

Mustafo Sodiq Rofiiy rahmatullohi alayh: “Eng katta xato – atrofingni tartibga solib, qalbingni nazoratsiz tashlab qo‘yishingdir”, deganlar.

 


[1]  G‘ofir surasi, 60-oyat.
[2]  Ibn Kasir rivoyati, Isnodi jayyid hasan.