Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Mart, 2026   |   13 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:56
Peshin
12:40
Asr
16:30
Shom
18:19
Xufton
19:30
Bismillah
02 Mart, 2026, 13 Ramazon, 1447

XUSHXABAR! Fatvo masalasida yangi innovatsion sayt ishga tushdi!

10.03.2020   8349   1 min.
XUSHXABAR! Fatvo masalasida yangi innovatsion sayt ishga tushdi!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mo‘min-musulmonlarning diniy mazmundagi savollariga qulay va tezkor javob olishlarini ta’minlash maqsadida, interaktiv va innovatsion xizmatlarni o‘z ichiga olgan fatvo.uz saytini ishga tushirdi. Mazkur sayt diniy savol-javob yo‘nalishida eng zamonaviy xizmatlarni o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatga egadir.

Endilikda, ushbu saytdan foydalanuvchilar shar’iy masalalarga oid o‘z savollarini saytning “Savol yuborish” bo‘limi orqali yo‘llashlari mumkin. Savol matniga audio, video va suratlarni ilova sifatida taqdim etish imkoniyati ham yaratilgan. Berilgan savollarga fatvo sohasida yetarli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytariladi.

Saytda “Aqida”, “Poklik”, “Namoz”, “Ro‘za”, “Zakot”, “Xaj va umra”, “Nikoh”, “Taloq”, “Savdo va tijorat”, “Qasam va nazr”, “Ijara”, “Halol-harom”, “Ruhiy tarbiya” va shu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e’lon qilib boriladi. Kutubxona bo‘limida diniy mazmundagi kitob va risolalar joylab boriladi. Media qismida ulamolarning diniy savollarga bergan video va audio javoblari joylashtirilgan.

Foydalanuvchilar “Izlash” tugmasi orqali o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mavzulardagi mavjud shar’iy savol-javoblarni topib, mutolaa qilishlari mumkin.

2020 yil 10 mart kunidan e’tiboran mazkur sayt test rejimida o‘z ish faoliyatini boshladi.

Kelgusida ushbu saytni fatvo va shar’iy masalalar yo‘nalishida qomusiy manbaga aylantirish niyatimiz bor. Bu ezgu ishni Siz aziz o‘quvchilarimiz bilan birgalikda amalga oshiramiz, inshaalloh!


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim, sendan jannatni so‘rayman

02.03.2026   1051   1 min.
Allohim, sendan jannatni so‘rayman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Allohumma, inniy asalukal jannata va maa yuqorribuniy ilayhaa min qovlin av fi’lin av amalin va a’uzu bika minan naari va maa yuqorribuniy ilayhaa min qovlin av fi’lin av amalin.

Ma’nosi: Allohim, Sendan jannat va unga yaqin qiluvchi so‘z, fe’l va amalni so‘rayman. Do‘zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so‘z, fe’l va amaldan panoh so‘rayman.

Maqolalar