Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

03.03.2020   2413   1 min.
“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi
 

 “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman bugun, 3 mart kuni soat 9.00da o‘z ishini boshladi.

Dastlab mehmonlar va konferensiya ishtirokchilari uchun “Forumlar saroyi”  binosida fotosessiya tashkil qilindi.  Shundan so‘ng anjuman o‘z ishini Qur’oni karim tilovati bilan boshladi. Anjumanning bugungi dasturi bo‘yicha xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan ma’ruzalar qilinishi belgilangan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qiblani adashtirib o‘qilgan namoz

02.07.2025   4798   1 min.
Qiblani adashtirib o‘qilgan namoz

Savol: Men begona joyda mehmonxonaga joylashdim. Shoshilib, e’tiborsizlik bilan namozni qiblaga teskari tarafga qarab o‘qib qo‘yibman. O‘qib bo‘lganimdan keyin tushundim, shu namozimni hukmi qanday bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu holatda, siz namozingizni qaytadan o‘qishingiz lozim bo‘ladi. Chunki qibla qaysi tarafdaligini bilmagan odam, shu yerlik qiblani biladigan (musulmon, aqli raso, oshkor gunohlardan tiyilgan) kishidan so‘rab, namoz o‘qishi lozim. Agar shu holatda qiblani biladigan kishi topilmasa, kechasi odamlarning eshigini taqillatib yurmaydi. Balki bor imkoniyatini ishga solib, qiblani topishga harakat qiladi. Qalbi bilan bir tomonni qibla, deb qasd qilib namozini o‘qiydi. Garchi qiblani to‘g‘ri topolmagan bo‘lsa ham, uning namozi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi