Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Noyabr, 2025   |   13 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:58
Peshin
12:12
Asr
15:33
Shom
17:19
Xufton
18:33
Bismillah
04 Noyabr, 2025, 13 Jumadul avval, 1447

Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar tarannum etildi

21.02.2020   5431   1 min.
Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar tarannum etildi

Joriy yil 19-20 fevral kunlari Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Tashrif doirasida Yurtboshimiz Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Nufuzli tadbirda mamlakatimizdagi islohotlar haqida nutq so‘zlab jumladan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida bunday dedilar: “Aziz qardoshlar! Biz ilm-ma’rifatni keng ma’noda tushunamiz. Shu sababli yurtimizda dunyoviy ta’lim dargohlari bilan birga diniy maktab va madrasalar, ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida ko‘p asrlik ma’rifat xazinasini o‘zida mujassam etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan Islom sivilizatsiyasi markazini bunyod etmoqdamiz.

Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda boshqa fanlar qatori hadis, kalom, aqida, tasavvuf, fiqh ilmlari chuqur o‘rganilmoqda.

Buxorodagi Mir Arab oliy madrasasi, Toshkent Islom ma’hadi, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi singari oliy o‘quv yurtlarida yetuk malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Bu yil hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, aqida ilmida maktab yaratgan allomalar – Abu Mansur Moturidiy va Abu Muin Nasafiyga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazish niyatidamiz. Shuningdek, ulug‘ alloma – nasli-nasabi turkiyalik bo‘lgan Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlarining, Bahouddin Naqshband bobomizning tavallud ayyomlarini, Mir Arab madrasasining 500 yilligini ham yuqori saviyada o‘tkazishni niyat qilganmiz.

2020 yil Buxoro shahri – “Islom madaniyati poytaxti”, Xiva shahri – “Turkiy dunyo madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yil davomida mamlakatimizda bir qator xalqaro anjumanlar tashkil etiladi. Turkiyalik muhtaram olimu ulamolarimiz ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirlarning aziz mehmonlari bo‘ladilar, deb ishonaman”.

 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurgan sayyoh qalban taskin topadi (+video)

03.11.2025   1724   1 min.

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Majmuada so‘nggi pardozlash ishlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov bilan suhbatlashdik. Majmuada yaratilgan shart-sharoitlar, shu jumladan, mahobatli masjid va muzey haqidagi fiklari bilan qiziqdik.

Behruz Xudoyberdiyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA muxbirlari

VIDEO