Vatikan jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘z mijozlari ishonchini tiklash uchun islom moliyasiga sinchkovlik bilan nazar solishga oid bayonot bilan chiqdi. Bu bilan Vatikan islom moliyasi tamoyillari hikmatini e’tirof etdi. Bu haqda “Islom moliyasi” kanalida xabar berildi.
“Islom moliyasi asosidagi axloq tamoyillari banklarni o‘z mijoz, moliyaviy mahsulot va xizmatning asl mohiyatiga yaqinlashtirishga xizmat qiladi”, deb yozadi Vatikanning rasmiy gazetasi L'Osservatore Romano.
2010 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot jahon inqirozi islom banklariga ham ta’sir qilgan. Ammo ular murakkab moliyaviy sharoitlarda an’anaviy moliya muassasalaridan sezilarli darajada barqaror o‘tganini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
2026 yil 3 fevral kuni Hiro madaniy tumanidagi Qur’on muzeyida 312 x 220 sm o‘lchamdagi va 700 sahifadan iborat dunyodagi eng katta Qur’oni Karim namoyish etildi. Muzeydagi ushbu Qur’on dunyodagi eng katta mus'haf sifatida Ginnesning rekordlar kitobi sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ushbu Qur’on hijriy 10 asr, milodiy 16 asrga oid tarixiy qo‘lyozmaning kattalashtirilgan nusxasi bo‘lib, uning asl o‘lchami 45 x 30 sm edi. Uning suralari suls xatida, Fotiha surasi esa nasx yozuvida yozilgan bo‘lib, o‘sha davrdagi xattotlikning puxta tanlanganligini va ushbu sohaning nafosatini aks ettiruvchi o‘ziga xos mus'hafdir.
Mus'haf arab xattotligi, zarhallash va muqovalashning noyob namunasi bo‘lib, unda islom san’atining jozibasi nafis naqshlar, gulli va sarlavha sahifalari hamda mus'hafning nomi bitilgan sahifalaridagi quyoshsimon shakllar orqali namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘sha davrda hukm surgan badiiy ijodkorlikning yuksak darajasini ifodalaydi.
Qayd etilishicha, ushbu mus'haf hijriy 1300 yil, milodiy 1883 yilda vaqf qilingan bo‘lib, uning asl nusxasi bugungi kunda Qirol Abdulaziz nomidagi vaqf qilingan asarlar akademiyasida saqlanmoqda.
Namoyish etilgan ushbu mus'haf musulmonlarning Allohning Kalomiga va islom san’ati durdonalariga bo‘lgan e’tiborining tarixiy shohididir.
Islom.uz