Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:42
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
16 Dekabr, 2025, ,

Imom-xatib “Yosh kitobxon maskani”ni ochib berdi

30.12.2019   2691   1 min.
Imom-xatib “Yosh kitobxon maskani”ni ochib berdi

Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, bosma kitobdan taralayotgan va elektron nashrdan topib bo‘lmaydigan o‘ziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida mo‘jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko‘ngil cheksiz zavqqa to‘lgan holda, kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida boshqalar bilan fikrlashishning huzur-halovati tamoman o‘zgachadir.

Yaqinda Samarqand tumani “Xo‘ja Ahror Valiy” mahallasida “Yosh kitobxon maskani” nomli kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.

Markaziy ko‘chaning bo‘sh turgan bekatida yosh kitobxonlar uchun mumtoz va eng sara badiiy adabiyotlar, lug‘at va ma’lumotnomalar, bolalar adabiyotlaridan iborat kitoblar o‘rin olgan ziyo maskani o‘rin egalladi.

Kutubxonini qurib bergan mahalliy tadbirkor kelajagimiz egalari bo‘lmish bolalarning bu yerda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishlari, kitob bilan oshno tutinib, ma’nan barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari uchun say’ harkat qilganini ta’kidladi.

Kutubxonaning ochilish marosimida qatnashgan Samarqand tumani bosh imom-xatibi Bahodir domla Sharipov, bolalarga islomda ilm egallashning fazilatlari, kitob mutolaasidan olinadigan foydalar haqida so‘zlab berdi. Bunday xayrli ishlar yanada bardavom bo‘lishi, bu yanaad ko‘proq bolalarning sevimli dargohiga aylanishini tilab duo qilindi.

 

 

                  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+)

10.12.2025   8546   1 min.
“Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+)

Namangan viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Sanepidqo‘mita va YUNISЕF hamkorligida din yetakchilari uchun “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” mavzusida ikki kunlik seminar-trening boshlandi.


Tadbirda aholi salomatligini muhofaza qilishda emlashning o‘rni, uning ilmiy va diniy asoslari hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari yoritildi. Ishtirokchilarga milliy emlash dasturining natijalari, organizmni himoya qilishdagi muhim jihatlar va joylarda uchrayotgan savol hamda muammolar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Seminar doirasida imom-xatiblar va otinoyilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududlardagi vaziyat, aholi fikrlari, takliflar va muammolar muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikni kuchaytirish va emlash bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotlarni aholiga yetkazib borish bo‘yicha kelishib oldilar.


Ilmiy tahlillar so‘nggi yuz yilda emlash ko‘plab xavfli kasalliklarning tarqalishini keskin kamaytirganini ko‘rsatadi. Masalan, 1969 yilgacha har yili 2,6 million insonni halok etgan qizamiqka qarshi vaksina paydo bo‘lgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallik bo‘yicha 2000–2017 yillarda dunyo miqyosida o‘limlar 80 foizga kamaydi. Millionlab bolalarning hayotini izdan chiqargan poliomiyelit esa bugun deyarli yo‘q darajasga tushgan. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

“Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+) “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+) “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+) “Emlash: ilmiy va diniy asoslar” bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari