O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlar imomlari o‘rtasida o‘tkazilinadigan “Eng ma’rifatli imom” ko‘rik tanlovining joriy yilgi Respublika bosqichi bugun, 12 dekabr kuni, soat 09:00 da Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasida boshlandi. Qur’oni karim, ilm va ma’rifat musobaqasini muslim.uz portali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri (online) kuzatib boring.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).