Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2026   |   4 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:46
Shom
17:32
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2026, 4 Sha`bon, 1447

Xusumat-yomon odat

10.12.2019   3756   2 min.
Xusumat-yomon odat

Yomon xulqlardan biri xusumatdir. Xusumat so‘zi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “Xusumat arabcha – janjal, nizo; dushmanlik, adovat. Birovga nisbatan bo‘lgan kek, adovat; qasd; dushmanlik”, deb izohlanadi. Xusumat insonlarni o‘zaro birdamligini, do‘stligini zaiflashtiradi. Shu sababli Alloh taolo o‘zaro nizolardan tiyilishga buyuradi: “O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi” (Anfol surasi, 46-oyat).

Xusumat qilish insonga hech qanday manfaat keltirmaydi. Balki u inson uchun ikki dunyoda ham zarardir. Imom G‘azzoliy rahimahulloh: “Xusumat va tortishuv-yomonlikning kurtagidir” degan. Donishmandlar xusumatning asosiy sabablarini quyidagicha bayon qilishadi:

  1. Mag‘rurlanish, mutakabbirlik, manmanlik;
  2. O‘zini bilag‘on ekanini odamlarga ko‘rsatib qo‘yish;
  3. O‘zgalar ayb-nuqsonlarini ko‘rsatish bilan ularga ozor berish, tajovuz qilish.

Inson kun davomida turli insonlar bilan uchrashadi, ular bilan suhbatlashadi. Yaxshi insonlar o‘z suhbatdoshlari, suhbatlashish sharoitlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, xusumatdan uzoq bo‘ladilar. Masalan, bugungi ob-havo, narx-navo haqida tortishib vaqtlarini behuda o‘tkazmaydilar.

Ayrim kishilar birovlarning ishidan xato-kamchilik qidirish bilan ovora bo‘ladilar. O‘zgalarning aybini fosh qilib, kamchiliklarini butun ommaga fosh qiladilar. Kishilar aybini topib, uni xusumatga aylantirish nodonlarning ishidir. Birovning aybini topish bilan shug‘ullanishdan ko‘ra, o‘z aybi bilan shug‘ullangan yaxshidir. Agar imkon bo‘lsa, odamlarning ayb-kamchiliklarini berkitish yaxshi fazilat hisoblanadi. Hozirgi paytda ayrim kishilar birovning ozgina kamchiligini topsalar, uni baralla butun ommaga oshkor qilishni, bu qilgan ishlaridan maqtanib yurishni yaxshi ko‘radilar.

Alisher Navoiy “Mahbubul-qulub” asarida: “Noxush xabarni chin bo‘lsa ham do‘stingga yetkazma; birovdan ayb ko‘rsang yuziga solma. Qo‘yaver, o‘sha chin xabarni dushman yetkazsin va sen sabr qil, u ayb mojarosini dushman qilsin. Aqlli odam yolg‘on gapirmas; ammo, barcha rost gapni aytaverish ham to‘g‘ri emas. Birovni nohaq hijolatga solmoq-o‘z nodonligini izhor qilmoq va bir ko‘ngilni og‘ritmoqdir. Bu kabi kishini xafa qiladigan chin so‘zdan ko‘ra zarurat yuzasidan-o‘rni bilan gapirilgan yolg‘on yaxshidir”, deb yozadilar.

Yaxshi insonlar o‘zlariga qilingan haqsizlik uchun tortishmaydilar, g‘azablanmaydilar. Aksincha, vazminlik, muloyimlik bilan bu holdan chiqishga harakat qiladilar. Insonning o‘z o‘zini xusumatdan saqlashi, uning yuksak fazilat sohibi ekanini ko‘rsatadi.

 

Ruhiddin AKBAROV

Qarshi tuman Akbar xalifa Eshon ibn Muxtor masjidi imom-xatibi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Maromiylik" loyihasi doirasida maxsus bot ishga tushirildi

23.01.2026   577   1 min.
Maromiylik

 

Xabaringiz bor, mas’ul tashkilotlar hamkorligida to‘y va oilaviy marosimlarda ortiqcha isrofgarchilik, dabdabaga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan "Maromiylik" loyihasi amalga oshirilmoqda. 
Ayni masalada yurtdoshlarimiz, keng jamoatchilikning fikri, qarash va munosabatini o‘rganish,  takliflarini olish va umumlashtirish  maqsadida maxsus @rmmmvq_bot ishga tushirildi.

Hozirda 24/7 rejimida ishlayotgan mazkur bot orqali ishchi guruhning jamoatchilik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning fikr-mulohazalari o‘rganilib, takliflar, tavsiyalar hamda e’tirozlar tizimli ravishda yig‘ib borilmoqda. 

Agar sizda ham shu masalada fikr va mulohaza, murojaat, takliflar bo‘lsa ushbu botga yuborish
ingiz mumkin!

Har bir fikr biz uchun muhim

O'zbekiston yangiliklari