Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

DIQQAT TANLOV!!! Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi “Eng ko‘p mutolaa qilgan kitoblarim!” shiori ostida tanlov e’lon qiladi!

10.12.2019   2058   2 min.
DIQQAT TANLOV!!!  Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi “Eng ko‘p mutolaa qilgan kitoblarim!” shiori ostida tanlov e’lon qiladi!

✅ Tanlov Toshkent islom instituti iqtidorli talaba-yoshlari, o‘qituvchi-xodimlari, “Sirtqi bo‘lim” va “Modul ta’lim tizimi” talabalari o‘rtasida 2019-2020 o‘quv yili davomida TII ARMdagi mavjud kitoblardan unumli foydalanish, institut jamoasi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy, ilmiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirish, ular o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.

✅ Tanlovda sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarni ularning ixtiyoriga qarab, diniy-ma’rifiy nashrlar, ilmiy-ommabop kitoblar, diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlari va “O‘zbek adabiyoti”, “Jahon adabiyoti”, “Buyuk mutafakkir va adiblar hayoti” hamda “She’riyat”ga oid kitoblarni o‘qigani, asarning mazmun-mohiyatini tushungani va uni tahlil qilib bera olish qobiliyatiga qarab baholanadi.

Tanlov g‘oliblari 2020 yil may oyida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

Talabalar o‘rtasida:

1️⃣    “Kitobxon talaba”
2️⃣    “Eng zukko kitobxon talaba”
3️⃣    “Eng yaxshi kitobxon talaba”
4️⃣    “Eng ko‘p kitob o‘qigan talaba”.

O‘qituvchi-xodimlar o‘rtasida:

1️⃣    “Eng faol kitobxon xodim”
2️⃣    “Kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng faol o‘qituvchi”
3️⃣    “Eng yaxshi kitobxon o‘qituvchi”
4️⃣    “Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘qituvchi”.

G‘oliblar Toshkent islom instituti va homiylar ko‘magida qimmatbaho sovg‘alar, diplom hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari shuningdek, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi Islom olamida tanilgan mashhur ulamolarning qalamiga mansub kitoblar to‘plamlari bilan taqdirlanadi.

“Eng ko‘p mutolaa qilgan kitoblarim!” shiori ostidagi tanlov shartlarini kuzatib boring!

Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

29.01.2026   2257   1 min.
Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida muborak Ramazon oyini yuqori saviyada kutib olish va mo‘min-musulmonlar uchun masjidlarda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli buyrug‘i asosida hududlardagi ibodat maskanlari mavsumga shay holatga keltirilmoqda. 
 

Amalga oshirilgan asosiy ishlar:

  • Masjid binolari va atrofi obodonlashtirilib, sanitariya holati yaxshilandi;

  • Tahoratxonalar, isitish va yoritish tizimlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

  • Taroveh namozlarini xavfsiz va tartibli o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi.


Joriy yilning 28 yanvar kuni viloyat hokimining o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov Koson tumanidagi masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida namozxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 


Bu kabi o‘rganish ishlari viloyatning barcha tumanlarida davom ettiriladi. Maqsad — muqaddas oyni yuksak ruhiy kayfiyatda, tinchlik va osoyishtalikda o‘tkazishdir. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Axborot xizmati

Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda Qashqadaryo masjidlari Ramazon oyiga shay holatga keltirilmoqda
O'zbekiston yangiliklari