Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Sentabr, 2025   |   1 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:53
Quyosh
06:11
Peshin
12:20
Asr
16:31
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
23 Sentabr, 2025, 1 Rabi`us soni, 1447

Toshkent islom institutida – “Kitobxonlik kuni”

19.11.2019   2441   4 min.
Toshkent islom institutida – “Kitobxonlik kuni”

“Kitob”, “Kitobxonlik”, “Kutubxona” so‘zlarining o‘zagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, ya’ni inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.

Kitob – tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Insonning undan yaqin hamrohi, do‘sti, maslahatchisi yo‘q. Negaki, u aqlni peshlovchi qayroqdir. Kitob tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb e’zozlab, qadriga yetadi, sevib mutolaa qiladi.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”, deya ta’kidlagan bo‘lsa, sohibqiron Amir Temur “Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, deya uqtirgan.

 


Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo‘lish bilan belgilanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan” farmoyish e’lon qildi. Bu esa o‘z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo‘luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o‘qib borish yoshlarning ongi o‘sishi, tafakkuri teranlashib, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishiga imkon beradi.

 

E’tirof etish joizki, yuqorida tilga olingan Prezident farmoyishi kitob, kitobxonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rnini yuqori bosqichga ko‘targanligi bilan ham ahamiyatlidir. Bu muhim hujjat mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni izchillik bilan amalga oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizning barkamol bo‘lib tarbiyalanishi uchun zarur   shart-sharoitlarni yanada kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Har qanday buzg‘unchi kuch va xurujni yuksak ma’naviyat bilan yengish mumkin. Shu ma’noda kitobxonlik bugun barchamiz uchun hayotiy zaruratga aylanmog‘i kerak. Ushbu masalaga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilib, bu borada muhim vazifalarning belgilab berilayotganligi aholi o‘rtasida yuksak ma’naviy ong va ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilish yo‘lida barchamiz uchun yangi ibrat bosqichini boshlab berdi, de­yish mumkin.

 


Shunga asosan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, ularning badiiy, ilmiy savodxonligini yanada oshirish va mutolaa muhitini shakllantirish, ular o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida bugun Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi va “Hilol-nashr” nashriyot-matbaasi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik kuni” shiori ostida kitob ko‘rgazma-savdosi tashkil etildi.

 


Shuni alohida ta’kidlash joizki bugun diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitobxonlik” kunlari tashkil etilgan. Shunga muvofiq Toshkent islom institutida har oyda kitob ko‘rgazmasini tashkil etish talabalar o‘rtasida haqiqiy an’anaga aylanib ulgurgan.

Bugun mazkur ko‘rgazma-savdoda kitobxonlarga “Hilol-nashr” nashriyot tomonidan chop etilgan 70 dan ortiq nomdagi 1000 ga yaqin diniy-ma’rifiy adabiyotlar, fiqh, aqoid, tafsir, hadis faniga oid o‘quv darsliklar, badiiy, ilmiy-ommabop nashrlar, arab, ingliz, rus va o‘zbek tilidagi lug‘atlar, she’riy to‘plamlar hamda ARMga kelgan yangi kitoblar to‘plamlari shuningdek, “Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnali va “Islom nuri” gazetalarining 2020 yil obuna targ‘ibotiga qaratilgan namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mana shunday kitob ko‘rgazmalarining o‘tkazilishi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Shuningdek, kelgusida o‘quv dargohimizda haftaning har seshanba kunini “Kitobxonlik kuni” deb amaliyotga tadbiq etiib va bu tadbirni an’ana tarzida izchil davom ettiramiz. 

Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi
mudiri O‘.SOBIROV

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Xotirjamlik va osoyishtalik – yuksalishlar asosi

22.09.2025   5872   2 min.
Xotirjamlik va osoyishtalik – yuksalishlar asosi

Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, farzandlar emin-erkin kamolga erishadi, oqibatda, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Demak, dunyoda hayotning bir maromda davom etishi, xalqning Haq taolo buyurgan ishlarini mukammal va xotirjam ado etishlari uchun tinchlik va osoyishtalik lozim. Yaratgan Parvardigor Qur’oni karimda ana shu tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinchlikka targ‘ib qilishini, shaytoniy yo‘llarga ergashmaslik lozimligini ta’kidlagan: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir” (Baqara, 208 oyat).

Tinchlik Alloh taolo butun insoniyatga in’om etgan eng ulug‘ ne’matdir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam tinchlik va xotirjamlik haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda bunday deganlar: “Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug‘ ne’matdirki, bundan ko‘p odamlar bebahradirlar”  Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishlari lozim.

Alloh taolo O‘zining fazlu karami ila inson zotini aql va idrok sohibi qilib yaratdi va unga behisob ne’matlarni ato qildi. Shu bilan birga bergan ne’matlariga shukr aytishga ham buyurib, muborak kalomida shukr qiluvchilarga ne’matlarini yanada ziyoda qilish va’da qildi:

Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi: “Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim juda qattiqdir” (Ibrohim surasi 7-oyat).  Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga biror xursandchilik ish bo‘lsa yoki xabar berishsa Allohga shukr qilib sajda qilar edilar.  Demak, Parvardigorimiz biz bandalarga bergan tansihatlik, farovonlik, baxtu saodat, tinchlik va osoyishtalik kabi ulug‘ ne’matlarga shukr aytsak, qadriga yetsak – Alloh buni ne’matni bardavom etadi.

Shunday ekan, Yaratgandan bir-birimizga tinchlik, amniyat, xotirjamlik tilaylik! Alloh taolo tinchlik-osoyishtaligimizni hamisha barqaror aylasin. Yurtimizni tinch, mehnatsevar xalqimiz hayotini farovon aylasin!

Abdulbosit Xamdamov, Yangi Namangan tumani

"Usmon Zunnuroyn" jome masjidi imom xatibi

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA