Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2026   |   24 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:57
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2026, 24 Sha`bon, 1447

Nikohni buzish islomda qoralanadi

13.11.2019   2007   1 min.
Nikohni buzish islomda qoralanadi

Jamiyat oilalardan tarkib topadi, oilalar baxtli bo‘lsa, jamiyat ham baxtli bo‘ladi. Oila va jamiyat tushunchalari bir-biriga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Shunday ekan, kelajagi porloq jamiyat qurish uchun uning negizi bo‘lgan oilani ma’nan sog‘lomlashtirish talab qilinadi. Islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilgan. Iqtisodiy yetishmovchilik, g‘iybat, tuhmat, turli gap-so‘zlar sabab yuzaga keluvchi oilaviy kelishmovchilik, sabrsizlik, yengil hayot ishtiyoqida nikohni buzish islomda qattiq qoralangan. Bu borada hadisi shariflarda: “Halol va ruxsat etilgan narsalarning ichida Alloh taologa xush kelmaydigani – taloqdir”, deb ta’kidlangan. 

Samarqand shahar “Lahutiy” jome masjidi xodimlari mahalla faollari bilan “Oltin asr” mahallasida yashovchi bir oilaning barbod bo‘lishini oldini oldi. Oiladagi ayrim vajlar tufayli guldek oila vayron bo‘lishi mumkin edi. O‘z vaqtida jamoatchilik, mahalla va masjid jamoasi ushbu masalaga e’tibor qaratib, ularning orasini isloh etdi.

Darhaqiat, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarni asrash, buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, farzand tarbiyasi uchun munosib muhit va shart-sharoit yaratish yurt istiqbolini belgilovchi muhim omillardan ekanini unutmasak, jamiyat farovon, farzandlar baxtli bo‘ladi, albatta.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Gullar

12.02.2026   218   1 min.
Gullar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.

Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.

Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?

To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.

Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.

Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.

Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.

Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.

To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.

O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Maqolalar