Joriy yilning 10 noyabr kuni Qorachoy-Cherkasiyada Respublika Qur’oni karim musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqa natijalariga ko‘ra aniqlangan eng yaxshi qorilarga Haj yo‘llanmasi mukofot sifatida taqdim etilishi e’lon qilingan edi.
Qayd etilishcha, musobaqaning ikki nafar g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi beriladi. «Interfaks» agentligining Qorachoy-Cherkasiya musulmonlari idorasiga tayanib ma’lum qilishicha, Respublika musobaqasida 8 yoshdan 90 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnashgan.
Turli yosh guruhlari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga pul mukofotlari taqdim etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.
Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.
Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi
Matbuot xizmati