Istanbulda payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning tavallud sanalariga bag‘ishlab al-Mavlid an-Nabiy an’anaviy islomiy san’at ko‘rgazmasi ochildi.
Turkiya diniy jamg‘armasining Ayollar, oila va yoshlar markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma Dolmabog‘cha saroyining san’at galereyasi (Saroy kolleksiyasining muzeyi)da o‘tkazilmoqda.
"Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Alloh go‘zal va go‘zal narsalarni sevadi hamda go‘zal narsalarni ko‘rsatish, go‘zal narsalarga qarash va go‘zal narsalarni yaratishni maslahat berganlar" dedi ko‘rgazmaning ochilishida Turkiya din ishlari vaziri Ali Erbash.
Ko‘rgazma 200 ga yaqin asardan iborat bo‘lib, ularda 50 nafar talaba va 8 ta Turkiya diniy jamg‘armasi Ayollar, oila va yoshlar markazining san’at maktablari ustalari qatnashmoqda. Ebru texnikasi, xattotlik, chinni kulolchiligi, miniatyuralar, charm buyumlari, “tezxip” oltin bilan yozish va boshqalar yordamida yaratilgan sakkizta san’at yo‘nalishi namoyish etilgan.
Ko‘rgazma 8 dan 13 noyabrgacha, dushanbadan tashqari soat 09:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 iyul kuni imom-xatiblar faoliyatini yanada samarali tashkil qilish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Xovos tumanida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi. Namunaviy-amaliy tadbir yig‘ilishi mazkur tumandagi "Xovos" jome masjidida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov yig‘ilishga boshchilik qildi. Shuningdek, vakillik xodimlari, tuman, shahar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, mahallalardagi “Haj – 2025” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan hududdagi 20 ta mahalladagi 120 ta xonadon holidan xabar olindi. Jumladan, nogironligi bor xonadonlar, notinch oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qamrab olindi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati