Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Hasan Basriy rahimahullohdan «Qiyomat kuni (azobning og‘irligi sababli) eng qattiq qichqiradigan kimsa kim?» deb so‘raldi. Shunda u kishi: «Ne’mat bilan rizqlanib, Allohga ma’siyat qilishda o‘sha ne’matdan foydalangan kimsa» deb javob berdilar.
*****
Bir kishi Hasan Basriy rahimahullohdan «Qizimni kimga turmushga beray?» deb so‘radi. Shunda ulug‘ tobein «Allohdan qo‘rqadiganiga ber! Agar yaxshi ko‘rsa, ikrom qiladi. Agar yomon ko‘rsa, zulm qilmaydi» deb javob berdilar.
*****
Bir a’robiyga o‘lim keldi.
Unga: “Qo‘rqmayapsanmi?” deyildi.
“O‘limdan keyin nima bor?” deb so‘radi.
“Allohga yo‘liqish” deyildi.
“Yaxshilikni faqat Undan ko‘rganim Zotga yo‘liqishdan nega qo‘rqay?!” dedi.
*****
SADAQA:
*****
Ibn Xaldun rahimahulloh: «Inson o‘zining johilligini sezishi ma’rifatning turlaridan biridir» deganlar.
*****
Imom Buxoriy rahimahullohni har gapimizga qo‘shib, maqtanamiz. Birorta hadisni yoddan bilmasligimizni ko‘rsalar nima der ekanlar-a?!
Internet materiallaridan to‘plab,
tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Kibor ulamolardan birlari aytadilar: «Ey Qur’on hofizi! Kundalik vazifangni tugatmasdan uxlama. Agar yotishga ketib, vazifangdan biron qismi qolib ketganini eslasang, darhol o‘rningdan tur va uni yakunla. Kun davomida uch mahal ovqatlanishni qoldirmaganingdek, yod olganlaringni ham tashlab qo‘yma hamda (virdingni) tugatmasdan uxlashga odatlanma».