4 noyabr kuni Moskva shahrida marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan ataladigan birinchi diniy-ma’rifiy o‘qishlar boshlandi. Ushbu tadbirda bir guruh taniqli ulamolar, yetuk olimlar, davlat va din arboblari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyati mudiri Muhammad Ayubxon domla Homidov ham ishtirok etmoqda.
O‘qishlar chog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari va pandu nasihatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan Rossiya Federatsiyasiga kelgan mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash, sof Islom ma’rifatini tarannum etish, soxta diniy oqimlar va mutaassib qarashlarga qarshi kurashishda foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratiladi.
Ushbu ma’rifiy tadbir tafsilotlarini saytimizda kuzating!



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kishi tongda o‘zining Qur’on virdini – u yod olish yoki tilovat qilish bo‘lsin hamda tongi zikrlarni aytishdan forig‘ bo‘lmagunicha aloqa vositalari, internet tarmoqlarini ochmaslikka o‘zini o‘rgatishi fiqhul avlaviyotdan hisoblanadi.
Chunki ushbu tonggi oraliq, fursat eng qadrli, ahamiyatli vaqtlardan bo‘lib, uni chalg‘itadigan, zehnini parishon qiladigan va vaqtini o‘g‘irlaydigan barcha narsadan chetlangan kishi uchun juda katta foydalar bo‘ladi.
Izoh: “Fiqhul avlaviyot” – ustun turadigan narsalar fiqhi yoki birlamchi masalalar fiqhi deganidir. Ya’ni, shariatda ustun turadigan narsalar fiqhiga nisbatan qo‘llaniladigan atama.