4 noyabr kuni Moskva shahrida marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan ataladigan birinchi diniy-ma’rifiy o‘qishlar boshlandi. Ushbu tadbirda bir guruh taniqli ulamolar, yetuk olimlar, davlat va din arboblari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyati mudiri Muhammad Ayubxon domla Homidov ham ishtirok etmoqda.
O‘qishlar chog‘ida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari asarlari va pandu nasihatlaridan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan Rossiya Federatsiyasiga kelgan mehnat muhojirlari bilan ishlashda qo‘llash, sof Islom ma’rifatini tarannum etish, soxta diniy oqimlar va mutaassib qarashlarga qarshi kurashishda foydalanish masalalariga alohida urg‘u qaratiladi.
Ushbu ma’rifiy tadbir tafsilotlarini saytimizda kuzating!



O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
"Ajallaringiz kelmasdan turib, yaxshilik qilib qolinglar. U sizga ertami-kechmi, albatta, keladi. Ogoh bo‘linglar! Dunyo aldovga o‘ralgandir. Dunyo hayoti sizni aldab qo‘ymasin. O‘zingizdan oldin o‘tganlardan ibrat olinglar. Jiddiy bo‘linglar. G‘aflatda qolmanglar. Chunki sizdan g‘aflatda qolinmas. Qani dunyoga qul bo‘lganlar!? Dunyoning ortidan yurgan, uni obod qilgan va undan uzoq vaqt huzurlanganlar qani!? U ularni yutib yubormadimi!? Alloh dunyoni qayerga otsa, siz ham o‘sha yerga oting!".
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu
«Hadis va hayot» kitobining 22-juzidan olindi