Hozirgi davrda respublikamizda diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarga barham berish vazifalari diniy sohada malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent islom institutida 2019–2020 o‘quv yilidan Modul ta’lim tizimi joriy etildi. Ushbu ta’lim tizimi orqali imom-xatiblar asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘qishga qabul qilinmoqda. 2019–2020 o‘quv yilida Modul ta’lim tizimiga 120 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli imom-xatib saralab olindi. Shulardan 60 nafari 1-davrani tamomladilar.
Joriy yilning 22 oktyabr kuni Toshkent islom institutida Modul ta’lim tizimida 2-davra o‘qishlari boshlanishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov va Diniy idora raisi maslahatchisi Abduhakim qori Matqulov ishtirok etdi.
Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi va Abduhakim qori Matqulov tomonidan 2-davra o‘qishlari muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab duolar qilindi. Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘ofurov so‘zga chiqib, diniy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, Toshkent islom institutida joriy etilgan Modul ta’lim shakli to‘g‘risida ma’lumot berib, 2-davra talabalarini muborakbod etish uchun so‘zni Ibrohim domla Inomovga berdi.
Ibrohim domla Inomov barchani yangi o‘quv davrasi bilan qutlab, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining tabriklarini yetkazdi. Shuningdek, mana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Abduhakim qori Matqulov va "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan diniy-ma’rifiy soha faoliyatini rivojlantirish uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, hozirgi davrda barcha birday ogoh bo‘lishi, xususan, imom-xatiblar o‘z ustida tinmay ishlashi lozimligi, doimiy ravishda bilim va ko‘nikmani oshirib borish bugungi kunning talabi ekanini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir so‘ngida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan har bir talabaga Qur’oni karim kitobi sovg‘a qilindi.








O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
1. Allohdan shayton yomonligidan panoh so‘rash.
Sulaymon ibn Surad roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men bir kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u “A’uzu billahi minash shaytonir rojiym” desa, undan mana bu holat ketadi”, dedilar» (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
2. Ushbu duoni o‘qish.
Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. Jahlim chiqib turgan edi. “Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi)
“Allohummag‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni”
“Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin” deb ayt” dedilar» (Imom Ibn Sunniy rivoyati).
3. Tahorat olish.
Atiyya ibn Urva Sa’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta g‘azab shaytondandir. Shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD