Quyida keltiriladigan hadis, fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Qo‘y boqib yurib ham kitob o‘qishing mumkin. Madaniyatni qahvaga hech qanday aloqasi yo‘q.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Feysbukka taomimizning rasmini qo‘ymasligimiz bizning ovqat yemay, och yurishimizni anglatmaydi.
Feysbukka ayolimiz rasmini qo‘ymasligimiz bizning oila qurmagan bo‘ydoq ekanimizni anglatmaydi.
Feysbukka masjidda o‘tirganimiz rasmini qo‘ymasligimiz bizning namoz o‘qimasligimizni anglatmaydi.
Feysbukka farzandlarimizning ko‘kragidagi talabalik nishonini rasmga olib, tarmoqqa qo‘ymaganimiz ularning kirish imtihonlarida yiqilganini anglatmaydi.
Feysbukka shifoxonada yurgan rasmlarimizni qo‘ymasligimiz bizning kasal bo‘lmasligimizni anglatmaydi.
Feysbukka sayohat qilib yurganimiz rasmini qo‘ymaganimiz uyimizni ichidan qulflab olib, kalitni yutib yuborganimizni anglatmaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Har birimiz bir xil ko‘zga egamiz, lekin bir xil nazar solishga ega emasmiz.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Agar zulm bo‘layotgan paytda betaraf bo‘lib tursang, demak, zolimning yonida turishni tanlabsan.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Agar kimdir sendan g‘azablansayu ammo sening to‘g‘ringda yomon ish qilmasa, uni o‘zingga do‘st sifatida tanla. Chunki g‘azab bashariyatning aslini ochib tashlaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Suv bilan xarsangtosh o‘rtasidagi kurashda vaqt o‘tishi bilan suv g‘alaba qozonadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Odamlar oldida farishtadek bo‘lib, o‘zing qolganingda iblisdek bo‘lma!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Kimda kim qimmat narsani tekinga berib yuborsa, vaqti kelib arzon narsani juda qimmat narxga sotib oladi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 10 dekabr kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan haj-umra, masjidlar holati, oilaviy muammo va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati