24 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Rossiya Federatsiyasi safarlari davomida o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashib, samimiy suhbat qurdilar.
Muftiy hazratlarining Rossiya Federatsiyasiga qilgan safarlari shu bilan yakuniga yetdi. Safar davomidagi o‘tkazilgan tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarida muhokama qilingan muhim masalalar to‘g‘risida saytimizda batafsil maqola e’lon qilamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Toshkent viloyatida 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat imom-xatiblari va noiblari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda diniy soha xodimlarining huquqiy savodxonligi, Konstitutsiya haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlovda g‘oliblar aniqlanib, ulaga esdalik sovg‘alari hamda Haj va Umraga (guruh rahbari bo‘lib) yo‘llanmalar berildi.
G‘oliblar:
1. Zangiota tumani “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi Izzatillayev Fayzulloh domla Haj;
2. Toshkent tumani “Ayri ota” jome masjidi imom noibi Sultonov Abu Bakr domla Haj;
3. Bo‘stonliq tumani “Mulla Po‘lat ota” jome masjidi imom-xatibi Isomov Nig‘matilla domla Umra;
4. Olmaliq shahar “Hilol” jome masjidi imom noibi Muydinxonov Sayidmuhammadxon domla Umra yo‘llanmasini (guruh rahbari bo‘lib) qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, barcha g‘oliblarni samimiy qutlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati