Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2026   |   11 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
07:00
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2026, 11 Ramazon, 1447

Yangi loyiha: Namoz saboqlari audio shaklda

06.08.2019   2797   1 min.
Yangi loyiha: Namoz saboqlari audio shaklda

Muslim.uz sayti ijodkorlari tomonidan Islom dinining besh ustunidan biri bo‘lgan namoz o‘qishning tartib-qoidalarini Hanafiy mazhabi bo‘yicha tushunarli qilib, matnli va ovozli shaklda bayon etishni rejalashtirildi.
Shuningdek, imon va islom shartlari, Allohning sifatlari, masjid odoblari, tahorat, g‘usl tayammum tartiblari, eng fazilatli duolar haqida qisqa va muhim ma’lumotlar taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlar “Movarounnahr” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Men ham namoz o‘qiyman” nomli kitobi asosida tayyorlanadi.
Alloh taboraka va taolo ushbu xayrli ishni muvaffaqiyatli va mo‘min-musulmonlarimiz uchun manfaatli qilsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ro‘zadorning 2 xursandchiligi

28.02.2026   527   1 min.
Ro‘zadorning 2 xursandchiligi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro‘zadorga ikki xursandchilik bor. Qachon iftor qilsa, xursand bo‘ladi. Robbisiga yo‘liqqanida xursand bo‘ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolar ushbu hadisning sharhida bunday deydilar:

"Birinchi xursandchilik - farz ibodatni salomat holda bajargani, Alloh taolo unga kuch-quvvat va tavfiq bergani, ko‘plab savoblarga ega bo‘lgani uchun bo‘ladi.

Ikkinchi xursandchilik - oxiratda Robbiga yo‘liqqanida tutgan ro‘zasi uchun berilgan ulkan savoblarni ko‘rganida bo‘ladi".

Maqolalar