Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahrining bu yildagi eng yoshi ulug‘ qoriyasi deb e’lon qilindi. Bu haqda iqna agentligi xabar berdi.
Aytishlaricha, u Allohning kalomini yodlashni boshlaganida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq qisqa fursat ichida Allohning inoyati bilan bu yo‘ldagi barcha murakkabliklar nihoyasiga yetgan.
Unga bu yo‘lda qoriya singlisi katta yordam bergan. Xayriya Husayn Sobir xonim Jidda shahridagi Dorul Huda Qur’on markazida ikki yilda Qur’oni Karimni butunlay yod olib, maxsus guvohnoma olgan. Ma’lum bo‘lishicha, qoriya xonim hozirda Qur’oni karim bilimlari va tafsiri bo‘yicha o‘z malakasini oshirishda davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:
اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ
"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.