 
       
    
    
    
  
  
  
  
  
  
    
  Saudiya Arabistoniga 101 yoshli Atar Bibi Haj ziyoratini ado etish uchun yetib kelgani ma’lum qilindi. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi. Ushbu ulug‘ yoshli ziyoratchi Madina aeroportida Saudiya Arabistonining Haj vazirligi vakillari tomonidan kutib olingan. Atar Bibiga uning 60 yoshli o‘g‘li va qizi hamrohlik qilayotgani aytilgan. Ataar Bibi Haj-2019 mavsumining eng yoshi ulug‘ ziyoratchisi ekani qayd etilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 
    
    
    
  
  
  
  
  
  
    
  Savol: Men yaqinda namoz boshlaganim uchun attahiyot va salovatlarni sekin o‘qiyman. Masjidda imom salom berganda men endi attahiyotni tugatgan edim. Imom salomidan keyin salovatlarni o‘qib keyin salom berdim. Namozim buzilmaganmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Aslida bunday holatda attahiyotdan keyin salom berishingiz kerak edi. Chunki imomga ergashish vojib, salavotni o‘qish esa sunnat amaldir. Vojib sunnatdan yuqori turgani uchun sunnat tark etilib, vojibga amal qilinadi.
Salavotni o‘qib, keyin salom berganingiz uchun namozingiz buzilmagan, ammo keyingi namozlarda yuqoridagi hukmga amal qiling. Chunki vojib amallarda imomga kechikmay ergashish ham vojib sanalib, bunga amal qilmaslik gunohkorlikka olib keladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.