Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Fevral, 2025   |   26 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:04
Peshin
12:41
Asr
16:25
Shom
18:12
Xufton
19:25
Bismillah
25 Fevral, 2025, 26 Sha`bon, 1446

XORIJLIK ABITURIYENTLAR UCHUN O‘ZBЕKISTON XALQARO ISLOM AKADЕMIYASIGA QABUL BOSHLANDI

16.07.2019   2719   1 min.
XORIJLIK ABITURIYENTLAR UCHUN  O‘ZBЕKISTON XALQARO ISLOM AKADЕMIYASIGA  QABUL BOSHLANDI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2019-2020 o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15 iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi. 

Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.  

Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):

  • Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlkatlari);
  • Xalqaro munosabatlar;
  • Islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi);
  • Dinshunoslik;
  • Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili);
  • Turizm (ziyorat turizmi).

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019 yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.

Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda international@iiau.uz va +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.

O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

international@iiau.uz

+998907888745

+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)

+998712449593

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

24.02.2025   1547   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani "Suluvqo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Rahmonberdi domla Umrzoqovning hamda Toyloq tumani "O‘rta" masjidi mutavallisi Dilmurod G‘affarovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. 
 

Alloh taolo marhumlarni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Din rivoji, xalq ma’rifati va Vatan ravnaqi yo‘lida qilgan barcha xizmatlarini Alloh qabul aylasin! 


Haq taolo marhum diniy soha xodimlarining ahli oilasi, farzandu arjumandlari, safdoshlari, shogirdlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhumlarni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Rahmonberdi Umrzoqov hamda Dilmurod G‘affarovning oila a’zolari, yor-birodarlari, safdoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari