Bandalariga Ramazon ro‘zasini farz qilgan Alloh Taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Ummatlariga ro‘za tutishni o‘rgatib, ta’lim bergan payg‘ambarimiz Muhammad mustafoga salovotu salomlar bo‘lsin.
Alloh subhanahu va taolo Qur’oni karimni nabiyyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga muborak ramazon oyida nozil qildi.Unda qalblar shifosi, iymon ozuqasi, Alloh va bandani bog‘lab turuvchi rishta bordir. Alloh taolo aytadi:
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآَنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَنْ كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللَّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
“Ramazon oyiki - odamlar uchun hidoyat va to‘g‘ri yo‘l xamda ajrim etuvchi xujjatlardan iborat Qur’on tushirilgandir. Sizdan kim o‘sha oyda hozir bo‘lsa , bas, ro‘zasini tutsin”[1]1.
Ramazon oyi “Qur’on oyi” deb ataladi. Unda Qur’onga bo‘lgan ahamiyat: tilovat qilish, yod olish, ma’nolarini tushunib yetish tobora ortadi. Rasululloh sollallohu alauhi vasallam har yili Ramazon oyida Qur’oni karimni Jabroil alayhissalom huzurlarida o‘qib o‘tkazar edilar. Sahobalar ham Ramazonda Qur’onni xatmqilishga qattiq kirishardilar, ba’zilari uch kechada xatm qilsa, ba’zilari yetti kechada xatm qilar yana boshqalari o‘n kechada Qur’onni xatm qilishardi. Ular Qur’onni kechasi-yu kunduzi, hoh namozda, hoh namozdan tashqari bo‘lsin tilovat qilishar edi.
Imom Molik rohimahulloh Ramazon oyi kirishi bilan barcha ilm kitoblarini yopib faqat Qur’onga sho‘ng‘ib ketar edilar, Imom Zuhriy rohimahulloh esa: bu faqat Qur’on o‘qish va taom ulashish oyi deb bir oy davomida faqat shu ikki ibodat bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Imom Zahabiydan rivoyat qilinishicha Imom Shofe’iy Ramazon oyida Qur’onni oltmish marta xatm qilar ekanlar. Qanday qilib deysizmi? Chunki ular Qur’ondan boshqa barcha narsani tark qilishardi.
Ramazon oyida farz ibodatlarning savobi bir necha barobar ko‘paytiriladi, nafl ibodatlarning savobi esa farz ibodati savobiga tenglashtiriladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: «Kim Allohning kitobidan bir harf o‘qisa unga bitta savob bo‘ladi, bitta savob esa o‘n barobar ko‘paytirib beriladi, men: Alif, Lom, Mim bitta harf demayman, lekin Alif harf, Lom harf va Mim alohida harfdir”. Endi ushbu muborak oyda qilingan Qur’on tilovatidan hosil bo‘luvchi savobni bir hisoblab ko‘raylikchi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinishicha: Ro‘za va Qur’on qiyomat kunida bandaga shafoatchi bo‘lar ekan. Demak, Ramazon oyida iloji boricha behuda ishlarni tark qilish va Qur’on o‘qishga katta ahamiyat berish lozim ekan.
Ramazonda karamli bo‘lish. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshilik qilishda odamlarning eng saxiysi edilar. U zotningeng saxiy paytlari esa, Ramazonda Jabroil muloqotlariga kelganda bo‘lar edi. Jabroil alayhissalom Ramazon tamom bo‘lgunicha har kecha U zotning huzurlariga kelar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam unga Qur’onni arz qilib (o‘qib berar) edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlar orasida eng karamlisi edilar: hoh ilm berish bo‘lsin, hoh Alloh yo‘lida nafsni fido qilish bo‘lsin, hoh mol sarflash bilan bo‘lsin, hoh ochni to‘ydirish bilan bo‘lsin, hoh hojatini chiqarish bilan bo‘lsin, barcha sohada insonlarning eng saxiysi edilar. Ayniqsa Ramazon oyida yana ham saxiyroq bo‘lib ketar edilar. Yana ba’zi rivoyatlarda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazonda saxovat borasida esgan shamoldan ham o‘zib ketishlari zikr qilingan.
Imom Termiziyning hadis to‘plamlarida Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Sadaqaning eng afzali Ramazonda qilingan sadaqadir» deyilgan. Yuqorida zikr qilganimizdek, Ramazonda qilingan hayrli ishlarning savobi ikki barobar ko‘paytirib beriladi. Demak, Ramazon oyida iloji boricha saxiylik ko‘rsatib, beva–bechora, yetim-yesir, miskin va muhtojlarga hayr ehson qilishimiz lozim ekan.
Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus
islom bilim yurti mudarrisasi
Muxlisa Qodirova
#xabar #qabul #qayta_aloqa
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqida quyidagi telefon raqam, internet va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali ma’lumot olishingiz mumkin:
OLIY TA’LIM MUASSASALARI:
1. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti
+998712400115
oliymahad.uz // @oliymahad (https://t.me/oliymahad)
2. Mir Arab oliy madrasasi
+998913129404
mirarab.uz // @Mirarabuz (https://t.me/Mirarabuz)
3. Hadis ilmi maktabi
+998662402051
muhaddis.uz // @muhaddisuz (https://t.me/muhaddisuz)
4. Imom Termiziy nomidagi islom instituti
+998554510596
imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz)
O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASALARI:
1. “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712444827
kukaldosh.uz // @kukaldoshuz (https://t.me/kukaldoshuz)
2. “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998712484752, +998941044752
xadicha.uz // @xadichauz (https://t.me/xadichauz)
3. “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998507086870
maxdum.uz // @maxdumuz (https://t.me/maxdumuz)
4. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998885726006
hidoya.uz // @hidoyauz (https://t.me/hidoyauz)
5. “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998755427425
xojabuxoriy.uz // @Xojabuxoriy (https://t.me/Xojabuxoriy)
6. “Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998954204597
mirarabmadrasa.uz // @mirarabmadrasa (https://t.me/mirarabmadrasa)
7. “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998652217744
juyborikalon.uz // @juyborikalon (https://t.me/juyborikalon)
8. “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998556022444
arroziy.uz // @arroziyuz (https://t.me/arroziyuz)
9. “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998551015512
alberuniy.uz // @alberuniyuz (https://t.me/alberuniyuz)
10. “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi
+998554510596
imomtermiziy.uz // @termiziylar_uz (https://t.me/termiziylar_uz)
2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati