Allohga beadad shukrlar bo‘lsin, muborak Ramazon oyini barchamiz tinchlik-xotirjamlikda o‘tkazib kelayotirmiz.
“Ramazon” so‘zi besh harfdan iborat. Uning har bir harfiga ulamolar shunday ma’no berganlar: “ro” – “rahmat”, “mim” – “mag‘firat”, “zod” – “zimonun liljannat” (jannatga kirish uchun kafolat), “alif” – “amanun minannar” (do‘zaxdan omonlik), “nun” – “nurun minalloh” (Allohdan nur) ma’nolarini anglatadi. Ushbu fikrni Imom Termiziy rivoyat qilingan: “Ramazonning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat, oxiri do‘zaxdan ozodlik kunlaridir”, hadisi sharifi ham quvvatlaydi. Ya’ni: “ro” harfi ramazonning avvali bo‘lgan rahmat kunlariga, “mim” o‘rtadagi mag‘firat kunlariga, “zod” va “alif” harflari oxiridagi “do‘zaxdan ozod bo‘lish” kunlariga, “nun” harfi esa butun ramazonning natijasida hosil bo‘ladigan nurga dalolat qiladi.
Bu oyning dastlabki o‘n kuni – “rahmat” dahasida ro‘yi zaminga Allohning rahmati yog‘iladi. Yaratganning o‘zi qodir qilganicha ro‘za tutib, taroveh namozlarini ado etamiz.
Ikkinchi o‘n kunligi – “mag‘firat” dahasida xolis niyat bilan ro‘za tutgan bandalarning oldingi qilgan gunohlari kechiriladi, deyilgan.
Oxirgi o‘n kunligi esa “Itqun minan-niyron”, yana “Qadr dahasi” ham deyiladi. Kim Ramazon oyining ro‘zasini pok niyat bilan tutgan bo‘lsa, u bandaga Alloh va’da qilgan ajrlarini ato etgay. Ramazon hayiti kuni esa Alloh taolo Ramazon ro‘zasini tutgan, taroveh namozlarini o‘qigan, Qadr kechasini bedor o‘tkazgan bandalariga O‘zi tayyorlab qo‘ygan mukofotlarni ko‘paytirib beradigan kundir.
Bu oyda imon-e’tiqod bilan qilinadigan duolar mustajob bo‘ladi. Chunki muborak oyda Alloh taolo bandalariga osmon eshiklarini ochib, har bir duo qilguvchining duosini qabul qiladi.
Nafs tarbiyasida ro‘za asosiy o‘rin tutadigan ibodatdir. Ro‘za nafsni o‘z holiga qo‘ymay, uni mahkam jilovlash deganidir. Unda imon va e’tiqod bir taraf, xohish-istak va shayton ikkinchi bir taraf bo‘lib kurash olib boradi. Jannatdan quvilganidan beri shayton inson zotiga qarshi ayovsiz kurashishi haqida Alloh taolo aytadi: “U (alamidan) dedi: “Qasamyod etamanki, meni yanglishtirganing tufayli Sening To‘g‘ri yo‘ling (Islom dini) uzra ular (odamlarni chalg‘itish) uchun o‘tiraman. So‘ngra ularga oldilaridan, ortlaridan, o‘ng tomonlaridan va so‘l tomonlaridan (chalg‘itish uchun) kelaman. (Natijada) ularning aksariyatini shukr qiluvchi holda topmaysan” (A’rof, 16-17).
Alloh taolo shayton ig‘vosini rad etadi: “Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo‘qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo‘ldan ozdira olursan)” (Hijr, 42).
Shayton bilan inson o‘rtasidagi bu kurashda ro‘za muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan taom va suv hamda shahvat – kurash maydonlaridir. Bularning har birida o‘ziga yarasha kuch-quvvat bor. Agar inson u mayl qarshisida sobit tura olsa va nafsining ig‘volariga uchmasa, albatta, imtihondan o‘tadi va Parvardigori huzurida ulug‘ darajaga erishadi.
Manbalar asosida No‘mon ABDULMAJID tayyorladi
Istisqo namozi qachon o‘qiladi? Juma namozini ado etib bo‘lgandan keyin xuddi juma namozidek ikki rak’at jahriy namoz o‘qiladi. Lekin namozga azon va iqomat aytilmaydi.
Qanday niyat qilinadi?
"Ikki rakat istisqo namozini o‘qishni niyat qildim, hozir bo‘lgan imomga iqtido qildim", deb niyat qilinadi.
Qaysi suralar o‘qiladi?
Namozda imom istagan surani zam sura qilishi mumkin.
Namozdan keyin imom qiblaga yuzlanib qo‘llarini baland ko‘tarib duo qiladi. Jamoat ham u bilan birga qiblaga yuzlangan holda o‘tirib, imomning duosiga "omiyn" deb turadilar.
Namozdan keyin minbarga chiqmasdan, qavmga yuzlangan va tik turgan holda ushbu qisqa xutbani o‘qiladi:
اَلْحَمْدُ لِلهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ. نَحْمَدُهُ وَ نَسْتَعِينُهُ وَ نَسْتَغْفِرُهُ وَ نَتُوبُ إِلَيْهِ. وَنَشْهَدُ أَنْ لَا إِلٰهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، وَنَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَ رَسُولُهُ ، أَمَّا بَعْدُ: يَا أَيُّهَا النَّاسُ، إِنَّكُمْ شَكَوْتُمْ جَفَافَ دِيَارِكُمْ وَتَأَخُّرَ الْمَطَرِ عَنْ أَوَانِهِ، وَقَدْ أَمَرَكُمُ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ بِالدُّعَاءِ وَ وَعَدَكُمُ الْإِجَابَةَ، قَالَ اللهُ تَعَالَى: ﴿اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوا إِلَيْهِ يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُمْ مِدْرَارًا وَ يَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ﴾ فَتُوبُوا إِلَى اللهِ تَوْبَةً نَصُوحًا، وَاسْتَغْفِرُوا اللهَ جَمِيعًا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ.
Xutbadan keyin quyidagi istisqo duosini qilish tavsiya etiladi:
اللَّهُمَّ أَغِثِ الْقُلُوبَ بِالْإِيمَانِ، وَالْأَرْضَ بِالْمَطَرِ وَالْهَتَّانِ، اللَّهُمَّ أَنْتَ اللهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، أَنْتَ الْغَنِيُّ وَنَحْنُ الْفُقَرَاءُ، أَنْزِلْ عَلَيْنَا الْغَيْثَ وَلَا تَجْعَلْنَا مِنَ الْقَانِطِينَ، اللَّهُمَّ اسْقِنَا وَأَغِثْنَا، اللَّهُمَّ أَغِثْنَا، اللَّهُمَّ أَغِثْنَا، اللَّهُمَّ أَغِثْنَا، غَيْثًا مُغِيثًا، هَنِيئًا مَرِيئًا، مُجَلِّلًا سَحًّا، عَامًّا دَائِمًا، نَافِعًا غَيْرَ ضَارٍّ، عَاجِلًا غَيْرَ آجِلٍ، اللَّهُمَّ تُحْيِي بِهِ الْبِلَادَ، وَتُغيثُ بِهِ الْعِبَادَ، وَتَجْعَلُهُ رَحْمَةً لِلْحَاضِرِ وَالْبَادِ، اللَّهُمَّ سُقْيَا رَحْمَةٍ لَا سُقْيَا عَذَابٍ وَلَا هَدَمٍ وَلَا بَلَاءٍ وَلَا غَرْقٍ، اللَّهُمَّ أَنْبِتْ لَنَا الزَّرْعَ، وَأَدِرَّ لَنَا الضَّرْعَ، وَأَنْزِلْ عَلَيْنَا مِنْ بَرَكَاتِكَ، وَاجْعَلْ مَا أَنْزَلْتَهُ قُوَّةً لَنَا عَلَى طَاعَتِكَ، وَبَلَاغًا إِلَى حِينٍ.
اللَّهُمَّ إِنَّا خَلْقٌ مِنْ خَلْقِكَ، فَلَا تَمْنَعْ عَنَّا بِذُنُوبِنَا فَضْلَكَ ﵟرَبَّنَا لَا تُؤَاخِذۡنَآ إِن نَّسِينَآ أَوۡ أَخۡطَأۡنَاۚ رَبَّنَا وَلَا تَحۡمِلۡ عَلَيۡنَآ إِصۡرٗا كَمَا حَمَلۡتَهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبۡلِنَاۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلۡنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِۦۖ وَٱعۡفُ عَنَّا وَٱغۡفِرۡ لَنَا وَٱرۡحَمۡنَآۚ أَنتَ مَوۡلَىٰنَا فَٱنصُرۡنَا عَلَى ٱلۡقَوۡمِ ٱلۡكَٰفِرِينَﵞ بِرَحْمَتِكَ يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati