Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Dekabr, 2025   |   26 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:43
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
17 Dekabr, 2025, 26 Jumadul soni, 1447

Buxoro – dunyoning 7 sharif shahridan biri

20.04.2019   14123   6 min.
Buxoro – dunyoning 7 sharif shahridan biri
O‘rta asrlarda jahondagi 7 shaharga diniy markaz sifatida shuhrat qozonganliklari uchun “Sharif” unvoni berilgan.
Ular bilan tanishing!
 
MAKKA (arab. Ummul-Quro, Ummul-Madoin — shaharlar onasi) — Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismidagi shahar, Qizil dengizdan 70 km. uzoqlikda joylashgan. Hijoz viloyatining ma’muriy markazi. Makka qadimiy shahar, asos solingan

photo5316669265178373191.jpg

yili noma’lum.
 
Dastlab Zamzam bulog‘i atrofida aholi turar joylari paydo bo‘lgan. Makka ilk bor Ptolemey asarlarida Makoraba deb qayd etilgan.
 
Mil. avv. 2-1 ming yilliklarda Makka arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom paydo bo‘lishidan avval Sharq bilan O‘rta dengiz bo‘yi davlatlari o‘rtasidagi savdoda muhim o‘rin tutgan. MakkadagiAl-Masjid al-harom va Baytulloh al-harom-Ka’ba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh. Makka aholisi, asosan, hajga kelganlarga xizmat ko‘rsatish, ibodat qiluvchilar uchun diniy buyumlar (maxsus kiyimlar, ya’ni ehrom, tasbeh, atirlar, Zamzam suvi uchun idishlar) tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 
 
MADINA (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi payg‘ambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning g‘arbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km. Sharqdagi vohada joylashgan. Shaharga asos solingan vaqt ma’lumemas.
 
photo5318940551258679964.jpgShahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulug‘lanadi. 
 
Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey o‘z “Geografiya”sida bu shaharni “Yatrippa”, vizantiyalik Stefan esa “Yatrippa polis” deb bergan. 
 
Yasrib nomi bilan u Qur’oni karimda ham qayd qilinadi. Asrlar davomida Madina o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qur’oni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va b.) Madinada nozil bo‘lgan. 
 
 
 
MOZORI SHARIF — Afg‘onistonning shimoliyqismidagi shahar. Balx viloyatining ma’muriy markazi. Balx vohasida. O‘rta asrda Mozori Sharif o‘rnida kichik Xayr qishlog‘i (keyinchalik Xo‘ja-Xayron) bo‘lgan.photo5316669265178373192.jpg
 
Naqlga ko‘ra, bu yerga hazrat Ali dafn etilgan. 1481-82 yillarda u yerga maqbara (fors, mozori sharif — muqaddas mozor; shahar nomi shundan) qurilgach, ziyoratgohga aylangan. 
 
Mozori Sharif Baqtriya iqtisodiy geografik markazining yirik hunarmandchilik, savdo-sanoat shahri va transport yo‘llari punkti. Hunarmandchilikda shoyi va ip-gazlama, do‘ppi, uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlanadi. 
 
Shaharda qorako‘l teri, jun, don, meva, yong‘oq va ko‘ncharim bilan savdo qilinadi. Mozori Sharifdan janubi G‘arbda yirik oltingugurt koni bor. 
 
 
BAG‘DOD — Iroqning poytaxti (1921). Bag‘dod muhofazasining ma’muriy markazi. 
photo5318940551258679965.jpgDajla daryosining har ikki sohilida, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda O‘rta dengiz mamlakatlarini birlashtirib turuvchi yo‘llar chorrahasida joylashgan. Mamlakatning eng katta shahri. Bag‘dodda arablar (aksariyat), kurd, arman,turk, yahudiy va forslar yashaydi. 
 
Bag‘dodni 762 y. xalifa Mansur (754 — 775) Madinat as-Salom (Tinchlik shahri) nomi bilan bino qilib, Abbosiylar xalifaligi poytaxtiga aylantirgan. 
 
Bag‘dod etimologiyasi to‘g‘risida bir necha rivoyatlar bo‘lib, shulardan eng ko‘p tarqalgani: Bog‘i Dod (Dodning bog‘i) va But (sanam) tuhfasi. 9 asrda Bag‘dod hunarmandchilik, savdo va o‘rta asr Sharq madaniyatining markazi bo‘lgan. 
 
 
QUDDUS, Iyerusalim (arab. Al-Quds, qad. Yahudiy tilida Iyerushalaim) — Falastindagi shahar, O‘lik dengizning g‘arbidagi chala cho‘lli yassi tog‘likda joylashgan. 
 
Transport yo‘llari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. photo5318940551258679966.jpg
 
To‘qimachilik, ko‘n-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. 
 
Hunarmandchilik rivojlangan. Quddus — musulmon, yahudiy va xristianlarda “muqaddas shahar” hisoblanadi.
 
 
DAMASHQ (arab.— Dimishq; tarixiy nomlari — Shom, Damaskus) — SuriyaArab Respublikasining poytaxt shahri. 
 
photo5318940551258679967.jpgDamashq muhofazasining ma’muriy markazi. Barada daryosi vodiysida, 690 m balandlikda joylashgan. 
 
Qadimda Misr, Falastin, Iroq, Arabiston yarim oroliga karvon yo‘llari Damashq orqali o‘tgan. Damashqning besh ming yildan ortiq tarixi bor. 
 
Qadimda u Timaski, Temasgi, Dimaska, Karanaski deb ham yuritilgan. 
 
O‘rta asr tarixchilari uni “Dunyo jannati”, “Shar jannati” deb atashgan.
 
 
 
BUXOROYI SHARIF (Sharofatli Buxoro) — qad. Buxoroning keng tarqalgan nomlaridan biri.
 
Buxoro qadimdan turli nomlar bilan atalib kelingan. photo5316669265178373193.jpg
 
Ayniqsa,Arab xalifaligi va somoniylar davrida shahar yuksalgan. Buxoroning nomlaridan “Foxira” (“Faxrli shahar”) atamasi Narshaxiynint ta’rifi bo‘yicha islom dinining barqarorligi yo‘lida qon to‘kkan shahidlar sharafiga nisbat qilib berilgan. 
 
Shahar islomni targ‘ib qilish va qaror toptirish yo‘lida ham muhim rol o‘ynagan. Buxorodan islomiyat va hadis ilmlarining yirik targ‘ibotchilari va tasnifchilari (Imom Buxoriy va b.) yetishib chiqdi. Buxoroning islom dini, musulmon axloqi, madaniyati va huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylanishi tufayli unga 9 asr boshlaridayoq “Qubbat ul-islom” — “Islom dinining gumbazi” degan sifat ham beriladi. 
 

 

 
 
 
 
 
 
 
manba: Nozima Bahromova, O‘zA
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Nasyrul Quran» markazi delegatsiyasi “Vaqf” fondida

16.12.2025   8479   1 min.
«Nasyrul Quran» markazi delegatsiyasi “Vaqf” fondida

Joriy yilning 15 dekabr kuni Malayziyaning «Nasyrul Quran» markazi bosh ijrochi direktori Muhammad Ashharim bin Abdullatif boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondida bo‘ldi. Mehmonlarni fond rahbari Jahongir Salamov kutib oldi.


«Nasyrul Quran» markazi – dunyodagi Qur’on chop etish bo‘yicha yirik markaz bo‘lib, Malayziyada faoliyat ko‘rsatadi. Majmua Madinadagi Qirol Fahd majmuasidan keyin ikkinchi eng yirik Qur’oni Karim bosib chiqaruvchi markaz hisoblanadi.

«Nasyrul Quran» majmuasining faoliyati ichki va dunyo miqyosida Qur’on nusxalariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini beradi.

Majmua har yili bir million nusxa Qur’on chop etishni maqsad qilgan bo‘lib, uning 70 foizi ichki foydalanish uchun, qolgan qismi esa ehtiyojmand boshqa mamlakatlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, «Nasyrul Quran» markazi vaqf tashkiloti hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tomonlar bir necha masalalar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi va vaqf tashkiloti hisoblanmish «Nasyrul Quran» markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, Qur’oni karim va qadimgi qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilish, vaqf ishlarini raqamlashtirish, islomiy fintek sistemasi qo‘llash bo‘yicha birgalikda ishlash, vaqf mulklarini ko‘paytirish, ta’lim sohasi va vaqf sohasida tajriba almashish shular jumlasidandir.

Mazmunli va manfaatli bo‘lgan uchrashuv so‘nggida Muhammad Ashharim bin Abdullatif fond rahbariga minnatdorlik bildirdi. Tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishdi. 

Vaqf.uz

 

O'zbekiston yangiliklari