Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Inson bilan odamning farqi

26.03.2019   14282   4 min.
Inson bilan odamning farqi

“Qissasi Rabg‘uziy”da shunday bir xadis keltirilgan: Payg‘ambar alayhisalom dedilar: “Kimda-kim dunyo ajoyibotlarini ko‘rmoqchi bo‘lsa, Odam alayhissalom qissasiga qarasin”.

INSON so‘zi Odam Ato avlodlarining umumiy nomi, kundalik hayotda ko‘proq qo‘llaniladigan  atamalardan biridir.

“Inson” so‘zi arab tilidagi “Anisa” fe’lidan hosil bo‘lgan ismdir. Mazkur fe’l “moslashmoq”, “tanishmoq”; “do‘stlashmoq”; “yoqtirmoq”; “sevmoq”; “o‘rgatmoq” kabi harakatlarni ifoda etadi. Demak, bu harakatlarni ifodalovchi manbaning ismi sifatida inson so‘zi paydo bo‘lgan.

Yuqoridagi harakatlarning barchasi faqatgina insonga xosdir.

Insonlar o‘rganadilar va o‘rgangan narsalarini boshqa insonlarga o‘rgatadilar. Hattoki, ongsiz jonzodlarni, masalan, itlarni, mushuklarni, qushlarni va hokazo, muayyan hatti-harakatlarga o‘rgatib boradilar.

Abu Nasr Forobiy bobomiz o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida  shunday yozadilar: “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich  asos insoniylikdir, shuning uchun ham, odamlar insoniyat turkumiga kirganliklari tufayli o‘zaro tinchlikda yashamoqliklari lozim”.

Inson – ma’naviy kamolot imkoniyatiga ega bo‘lgan moddiy mavjudot.

Insonlarga nisbatan yana kundalik hayotimizda - odam, kishi, shaxs, “ojiz banda” kabi so‘z va iboralardan ham foydalaniladi.

“ODAM” so‘zi o‘zlashtirma so‘z sifatida arab tilidan olingan bo‘lib, uning birinchi ma’nosi - “qora tanli”; ikkinchisi esa - “Odam Ato”, ya’ni butun insoniyatning otasi - Odam alayhissalomning muborak ismlarini ifoda etadi.

Sidqiy Xondayliqiy  esa “Odamni bug‘doyrang bo‘lgani sababi birla oni odam debdurlar va yoki ani “Odami arzin”, ya’ni yuzidin xalq qilib (yaratib)durlar” deya ta’rif bergan.

Odam so‘zi qo‘llanilganda, Odam atoning zurriyotlaridan birini nazarda tutiladi.

Odam – fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu tufayli boshqa hamma maxluqotlardan ustun turuvchi jonli zot, kishi.

Izohli lug‘atda “odam” va “kishi” atamalari deyarli bir xil ta’riflangan so‘zlardir.

“SHAXS” atamasi esa arab tilidan olingan bo‘lib, jamiyatdagi alohida bir kishini, odamni atash uchun xizmat qiladi.

Lekin odam shaklidagi har bir mavjudotga nisbatan shaxs iborasini qo‘llab bo‘lmaydi.

Ko‘zga ko‘ringani, namoyon bo‘lgani uchun insonni BASHAR, insoniyatni esa bashariyat deydilar. Jism egasi bo‘lmish har bir bashar shaxs darajasiga ko‘tarila olmasligi ham mumkin.

Shaxs – bilim, odobi, xulqi va boshqa fazilatlari bilan ajralib turuvchi, o‘z ma’naviy qiyofasiga ega odamdir. 

Faylasuflarning ba’zilari insonga quyidagicha ta’rif bergan:

 

Insonni faqat uning ishlariga qarab emas, intilishlariga qarab ham baholash lozim.

Demokrit 

 Inson qanday fikrlasa, u hayotda shundaydir.

Sitseron 

Odam — faqat atama emas, — unvon, unvon bo‘lganda ham, juda yuksak unvon. Bu yuksak unvonga munosib bo‘lish uchun bir umr intilish kerak.

 Rasul Hamzatov 

Dunyodagi barcha ta’riflardan ustun va eng to‘g‘risi bu Alloh taoloning Kalomi  Qur’oni karimda keltirilgan oyatlardir. Alloh taolo O‘z Kalomida inson haqida shunday ta’rif beradi: 

“Agar sizlar Allohning ne’matlarini sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysizlar. Haqiqatan, inson zoti o‘ta zolim va noshukrdir”.                                                                                                       

(Ibrohim, 34) 

Alloh taolo inson zotini aziz va mukarram qilib yaratdi. Ammo biz o‘zimizga Alloh taolo tomonidan tortiq etilgan ne’matlar va bizga berilgan maqomga loyiq ish qilayapmizmi? Bizningcha har bir odam bu savolni o‘ziga takror va takror harkuni berib borishi va bunga javob izlashi lozim. Zero, har qanday sharoitdagi umr ham bir kun poyoniga yetadi. Asl hayot boshlanganda esa biz bu dunyoda qilgan hamma ishlarimizga javob beramiz. 

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: 

Qiyomat kuni uchun adolat torozularini o‘rnaturmiz. Hech bir jonga biror zulm qilinmas. Agar achitqi donasi misqolida narsa bo‘lsa ham keltirurmiz. Biz hisob qiluvchilikka kifoya qilurmiz

 (Anbiyo surasi, 47) 

 

Saidabror Umarov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

13.06.2025   11298   1 min.
Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

 

MuslimShosh.uz

Dunyo yangiliklari