Buxoroda o‘tkazilgan Ziyorat turizmi bo‘yicha I Xalqaro forum o‘z ishini yakunladi. Mazkur forum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatning xalqaro maydondagi ziyorat turizmi bo‘yicha mavqeini oshirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, "Vaqf" xayriya jamg‘armasi, Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, ISESCO (Ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo‘yicha islom tashkiloti) va UNWTO (Butunjahon turistik tashkiloti) hamkorligida tashkil etildi.
Xalqaro forum doirasida O‘zbekistonning ziyorat turizm markazlaridan biri sifatida tan olinishiga doir Buxoro deklaratsiyasini imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro toifadagi mehmonlar va tadbir ishtirokchilari, shu bilan birga, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki, Buxoro deklaratsiyasining imzolanishi O‘zbekiston tarixidagi muhim hodisadir. Ekspertlarning fikricha, bu hujjatning imzolanishi respublikada sayyohlik infratuzilmasining rivojlanishiga va umuman turistik oqimning yanada ko‘payishiga kuchli turtki beradi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov shahar va tuman bosh imomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B. Razov olib borgan tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
Islohotlar targ‘iboti: Yurtimizdagi o‘zgarishlarni xalqqa to‘g‘ri yetkazish va tinchlikni asrashda imomlarning o‘rni;
Ma’rifiy islom: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda sof islom dini mazmunini va Hanafiy mazhabi ta’limotlarini to‘g‘ri tushuntirish;
Ma’naviy tarbiya: Juma va kundalik namozlarda dolzarb mavzular bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini olib borish;
Hamjihatlik: Mahallalardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish.
Uchrashuv yakunida diniy soha vakillariga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga munosib ravishda, xalq farovonligi yo‘lida faol xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti