Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Misr Arab Respublikasiga jo‘nab ketdi. Safar doirasida Misrning al-Azhar majmuasi bilan diniy kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o‘tkazishga oid diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, al-Azhar majmuasi hamda O‘zbekistondagi diniy sohaga oid markazlar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”ni imzolash, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib va al-Azhar universiteti rektori bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi al-Azhar universiteti va boshqa ilmiy muassasalarda keng jamoatchilik ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida takdimotlar o‘tkazishi mo‘ljallangan.
Safar jarayonlarini saytimiz orqali yoritib boramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Sakkizinchi dalil
Alloh taolo O‘z Kalomida bunday marhamat qiladi:
﴿وَ رَفَعْنَا لَكَ ذِكْرَكَ﴾
«Va zikringni yuksak ko‘tardik» (Sharh surasi, 4-oyat).
Yaxshilab e’tibor bersangiz «Laa ilaha illalloh, Muhammadun Rasululloh» kalimasida «Alloh» va «Muhammad» kalimalari orasiga boshqa birorta harf yoki lafz qo‘shilgan emas. Yana buni ko‘ringki, ittifoqo bu ikki kalimaning har biri o‘n bir harfdan iboratdir!
Alloh taolo u zotning ismlarini azon lafzlariga kiritganidek, namozdagi lafzlarga ham kiritdi. Shunday qilib, u zotning ismlari Alloh taoloning ismi bilan birga mag‘ribdan mashriqqacha, shimoldan janubgacha har kuni besh mahal takror-takror zikr qilib turiladi.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi