Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:42
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
16 Dekabr, 2025, ,

Rizqingiz keng bo‘lishini istasangiz

18.12.2018   5074   6 min.
Rizqingiz keng bo‘lishini istasangiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin. 

  1. Istixora namozini o‘qishga odatlaning. Birinchi rakatda Fotiha surasidan keyin Kafirun, ikkinchi rakatda esa Ixlos surasi o‘qiladi. So‘ngra quyidagi duo qilinadi:

“Allohumma inniy astaxiyruka bi’ilmika va astaqdiruka biqudrotika va as'aluka min fazlikal ’aziym. Fainnaka taqdiru va la aqdiru va ta’lamu va la a’lamu va anta ’allamul g‘uyub. Allohumma in kunta ta’lamu anna hazal amro xoyrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ’aqibati amriy, ’ajili amriy va ojilihi, faqdurhu liy va yassirhu liy, summa barik liy fiyhi va in kunta ta’lamu anna hazal amro sharrun liy fiy diyniy va ma’ashiy va ’aqibati amriy, ’ajili amriy va ojilihi fasrifhu ’anniy vaqdurlil xoyro haysu kana summa rozziniy bih” deb, hojat aytiladi.

“Allohim, Sening ilming bilan Sendan yaxshilik so‘rayman. Sening qudrating bilan Sendan qodirlik va ulug‘ fazlingni so‘rayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen (har narsani) biluvchisan, men bilmayman. Sen g‘aybni biluvchisan. Allohim, agar mana shu qilayotgan ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yaxshi bo‘lsa, uni menga nasib et va oson qil. So‘ng uni menga barokotli qil. Agar mana shu ishim (hojatining nomini aytadi) dinimda, yashashimda, ishlarimning oqibatida, dunyo va oxiratimda men uchun yomon bo‘lsa, mendan uni uzoqlashtir, qayerda bo‘lsa ham, men uchun yaxshilikni taqdir qil va meni undan rozi et”.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga har bir ishda, xuddi Qur’ondan sura o‘rgatgandek, istixora qilishni o‘rgatar edilar”. 

  1. Faqirlikdan Allohdan panoh so‘rang. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faqirlikdan kutulish uchun ushbu duoni o‘qishni ta’lim berganlar”:

“Allohumma, Robbas samaavaatis sab’i va Robbal arshil a’ziym. Robbanaa va Robba kulla shayin, munzilat Tavrooti val Injiyli val Qur’aani! Faaliqol habbi van navaa! A’uuzu bika min sharri kulli shayin anta aaxizun binaa siyatihi, antalAvvalu fa laysa qoblaka shayun. Va antal Aaxiru fa laysa ba’daka shayun. Va antaz-Zohiru fa laysa vafqoka shayun. Va antal Baatinu fa laysa duunaka shayun! Iqzi ’anni addayna va ag‘ninii minal faqri” (Imom Muslim Imom Termiziy rivoyati).

“Allohim! Yetti osmonning Robbi va ulug‘ Arshning Robbi! Robbimiz va barcha narsaning Robbi! Yo Tavrot, Injil va Qur’onni nozil qiluvchi! Yo donni va danakni yoruvchi! Men Sendan O‘zing peshonasidan tutuvchi har narsaning sharridan panoh tilayman. Sen avvalsan! Sendan oldin hech narsa yo‘q! Sen oxirsan! Sendan keyin hech narsa yo‘q! Sen zohirsan! Sendan ustun hech narsa yo‘q! Sen botinsan! Sening ortingda hech narsa yo‘q! Meni qarzimdan qutqar! Meni faqirlikdan boy qil!”. 

  1. Ikki yoki to‘rt rakat hojat namozini o‘qing. Birinchi rakatda Fotiha surasi va Oyatal kursiy uch marta o‘qiladi. Qolgan uch rakatning har birida Fotiha surasidan so‘ng Ixlos, Falaq va Nas suralari bir martadan o‘qiladi. So‘ngra ushbu duo qilinadi:

“Laa ilaaha illallohul Haliymul Kariym, subhaanallohi Robbil- arshil ’aziym. Alhamdulillaahi Robbil ’aalamiyn. Asaluka mujibaati rohmatik va ’azaaima mag‘firotik val g‘oniymata min kulli birrin vas salaamata min kulli ismin. Laa tada’ lanaa zanban illa g‘ofartah va laa hamman illa farrojtah va laa haajatan hiya laka rizon illa qozoytah yaa Arhamar Rohimiyn”.

Halimu Karim Allohdan o‘zga (ibodatga sazovor) iloh yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbi Alloh pokdir. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni so‘rayman, barcha yaxshiliklardan nasiba, barcha yomonliklardan salomat bo‘lishni so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay kushoyish qilgin, O‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘ymay albatta ravo qilgin, Yo Rahmlilarning rahmlisi!”. 

  1. Allohdan oson qilishini so‘rab duo qiling. “Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil xoyri”.

“Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin”. 

  1. Allohdan keng rizq so‘rab duo qiling. “Allohumma inniy asaluka ilman naafi’an, rizqon vaasi’an va ’amalan mutaqobbalan”.

“Allohim, Sendan manfaat beradigan ilm, keng rizq va qabul qilinadigan amal so‘rayman!”.

  1. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘ling. “Robbi inniy lima anzalta ilayya min xoyrin faqiyrun”.

“Robbim! Men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o‘shanga muhtojdirman” (Qasos surasi, 24-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vassalom: “Alloh senga taqsim qilgan narsaga rozi bo‘l, odamlarning eng boyi bo‘lasan”, deganlar.

Alloh taolo rizqimizni keng qilsin, halolidan bersin. O‘zidan o‘zgaga muhtoj etmasin.

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Barcha hamd Allohga xosdir

09.12.2025   4754   2 min.
Barcha hamd Allohga xosdir

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Kim subh kirganda «Subhanallohi hiyna tumsuna va hiyna tusbihuun»ni to «va kazalika tuxrajun»gacha aytsa, o‘sha kuni undan o‘tib ketgan narsani idrok qiladi. Kim ularni kech kirganda aytsa, o‘sha kechasi undan o‘tib ketgan narsani idrok qiladi», dedilar».

Abu Dovud rivoyati.

Bu rivoyatda o‘qib yurish tavsiya qilinayotgan narsa «Rum» surasidagi uch oyat – 17, 18 va 19-oyatlardir. Ularni yodlab, o‘qib yurishga odatlangan odamlarga ko‘p narsa va’da qilinmoqda. Jumladan, o‘sha kun yoki tundagi o‘tkazib yuborgan yaxshiliklarning savobiga erishadi.

Mazkur uch oyatning ma’nolari va tafsiri bilan tanishib qo‘yaylik.

«Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod ‎eting» (17-oyat).

Allohni poklab yod etishdan murod tasbeh aytish. Tasbeh eng avvalo dilda bo‘lib, so‘ngra tilga ko‘chadi. «Subhanalloh» kalimasini takrorlash tasbeh aytish hisoblanadi.

«Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting)‎» (18-oyat).

Dunyoda barcha hamdu sano, maqtov Allohning O‘ziga xosdir. Sizlar Unga oqshom va Peshin paytlarida ham tasbeh aytingiz.

«O‘likdan tirikni chiqarur va tirikdan o‘likni chiqarur va yerni o‘limidan keyin ‎tiriltirur. Shunga o‘xshash, (siz ham) chiqarilursiz» (19-oyat).

Ushbu oyatda har doim borliqda takrorlanib turadigan holat ajoyib uslubda bayon qilinmoqda. Bu dunyoda doimiy ravishda o‘likdan tirik, tirikdan o‘lik chiqib turadi. Har bir soniyada qandaydir o‘simlik quriydi, boshqasi urug‘dan chiqadi. Kimdir o‘ladi, kimdir tug‘iladi. Bu narsa yerda ham, ko‘kda ham, suvda ham takrorlanib turadi. Son-sanog‘iga yetib bo‘lmaydigan ushbu jarayonlarning har birini Alloh taolo amalga oshiradi.

«Hadis va hayot» kitobining 35-juzi