Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

G‘aflatda qolmang! Jamoat namozining fazilatlari

14.12.2018   5114   2 min.
G‘aflatda qolmang! Jamoat namozining fazilatlari

Jamoat namozi – savobi ulug‘ ibodat. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jamoat namozi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti daraja afzaldir”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati). 

Jamoat namozining savobini bilganingizda edi... Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bomdod va xufton namozlaridagi (jamoatga) hozir bo‘lishni lozim top. Agar shu ikki (namoz)ning (jamoat bilan o‘qishdagi) savobini bilganlaringizda edi, emaklab bo‘lsa ham kelardingiz”, dedilar (Imom Tabaroniy rivoyati). 

Jamoat namozi – gunohlarga kafforot bo‘ladi. Abu Ubayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Juma kuni bomdod namozining jamoatda o‘qilganidan ko‘ra afzal namoz yo‘qdir. Kim unda ishtirok etsa, gunohlari mag‘firat qilinadi, deb hisoblayman” (Imom Hokim rivoyati). 

Jamoat namozi – kechani bedor o‘tkazganning savobiga noil etadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, go‘yo kechaning yarmini bedor o‘tkazibdi. Kim bomdod namozini jamoat ila ado qilsa, go‘yo kechaning barchasida namoz o‘qibdi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati). 

Jamoat namozi – mo‘minlik belgisi. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Qachon masjidga borishga odatlangan kishini ko‘rsangizlar, uning iymonli ekaniga guvohlik beringlar. Chunki Alloh taolo bunday marhamat qilgan: “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol o‘qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo‘rqqan kishilar obod qilurlar” (Tavba surasi, 18‑oyat) (Imom Termiziy rivoyati). 

Jamoat namozi – Qiyomatda nur bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alaĭhi vasallam: “Qorong‘uda masjidlar sari yurganlarga Qiyëmat kunidagi tugal nur xushxabarini bering!” dedilar (Imom Termiziy rivoyati). 

Alloh taolo barchamizni O‘zining ibodatida sobitqadam qilsin. Besh vaqt namozni O‘zining uylaridan bir uy bo‘lmish – masjidda xolis O‘zining roziligi uchun ado etishimizga tavfiq ato etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Juma salomi - Islomda yurtga muhabbat

10.01.2025   271   1 min.

 

Videolavhalar