Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2025   |   28 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:37
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2025, 28 Rajab, 1446

"Muruvvat karvoni" Buxoro va Navoiyga yo‘l oldi.

9.11.2018   2240   1 min.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri 10-11 noyabr, shanba va yakshanba kunlari Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tadi. Bugun yuk avtomashinasida oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, diniy-ma’rifiy kitoblar va boshqa zaruriy buyumlar ushbu viloyatlar tomon yo‘lga tushdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl holida ko‘rganmilar?

28.01.2025   98   1 min.
Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl holida ko‘rganmilar?

Cavol: Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl suratida ko‘rganmilar?
 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha ko‘rganlar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni asl suratlarida ikki marta ko‘rganlar. Imom Buxoriy rahimahulloh Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilgan uzun hadisda bunday deganlar: “Lekin u zot Jabroil alayhissalomni ikki marta o‘z suratida ko‘rganlar”.

Ko‘plab ulamolar ikki martaning bir martasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerda, Jabroil alayhissalom ufqda bo‘lgan holatda, ikkinchisi Isro va me’roj kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmonga ko‘tarilganlarida Sidratul muntaho oldida Jabroil alayhissalomni ko‘rganlar, deyishgan (“Umdatul qoriy” kitobi). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar