Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi

27.01.2025   200432   1 min.
Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi

Shu yilning 24 yanvar kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat, kiyim-kechak, o‘quv qurollari, ma’rifiy kitoblar va maishiy texnikalar ortilgan xayriya karvonlari 500 dan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar xursandchilik ulashishni boshladi. 

Shu munosabat bilan mazkur mehr-muruvvat karvonini kuzatish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, “Vaqf” fondi rahbari Isaxon Abdullayev, mutasaddi vakillar va OAVlari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda yurtimizda davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlanayotgani, nogironligi bo‘lganlar, kambag‘al oilalarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotgani e’tirof etilib, dinimizda muhtojlarga yordam berish, nogironligi bor insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, miskin va bechoralar holidan xabar olish xayrli amallardan sanalishi bayon qilindi.

Fond rahbari xayriya karvoni doirasida kam ta’minlangan oilalar, yetim-miskinlar, nogironi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzallar, velosiped, kitoblar, ko‘mir, isitish moslamalari, maishiy texnikalar topshirilishi, uch kun davomida Fond vakillari 500 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga xursandchilik ulashishi haqida ma’lumot berdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi Xayriya karvoni 500 oilaga xursandchilik ulashadi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   6314   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari