Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2025   |   28 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:37
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2025, 28 Rajab, 1446

Naqshbandiya festivali ishtirokchilari Buxoro bo‘ylab sayohat qilmoqda

9.11.2018   2593   1 min.
Naqshbandiya festivali ishtirokchilari Buxoro bo‘ylab sayohat qilmoqda

Joriy yilning 7-14 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Naqshband turizm festivali - 2018” nomli halqaro festivalda ishtirok etish uchun jahonning 18 ta davlatidan 154 nafar mehmonlar yurtimizga yetib keldi.

Mehmonlar uchun Buxoro viloyati ziyorati boshlandi.

Mehmonlar uchun Buxoro shahridagi “Afsona” restoranida tantanali tushlik tashkil etilib ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyati vakili Jobir Elov, “Hilal travel” sayyohlik tashkiloti rahbari Muzaffar Sattiyev va mehmonlar yetakchisi Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy so‘zga chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan imkoniyatlar uchun shukronalik va minnatdorlik so‘zlarini bildirishdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar “Abduxoliq G‘ijduvoniy” ziyoratgohi, "Mir Arab" islom bilim yurti hamda Masjidi kalonga tashrif buyurdilar.

 

 

O‘MI Matbuot xizmati

Rasmlar muallifi islom.uz portali

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl holida ko‘rganmilar?

28.01.2025   191   1 min.
Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl holida ko‘rganmilar?

Cavol: Payg‘ambarimiz alayhissalom Jabroil alayhissalomni asl suratida ko‘rganmilar?
 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha ko‘rganlar. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni asl suratlarida ikki marta ko‘rganlar. Imom Buxoriy rahimahulloh Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilgan uzun hadisda bunday deganlar: “Lekin u zot Jabroil alayhissalomni ikki marta o‘z suratida ko‘rganlar”.

Ko‘plab ulamolar ikki martaning bir martasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerda, Jabroil alayhissalom ufqda bo‘lgan holatda, ikkinchisi Isro va me’roj kechasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmonga ko‘tarilganlarida Sidratul muntaho oldida Jabroil alayhissalomni ko‘rganlar, deyishgan (“Umdatul qoriy” kitobi). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar