Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2025   |   28 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:37
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2025, 28 Rajab, 1446

Ulamolarning fazli

20.09.2018   3482   2 min.
Ulamolarning fazli

Alloh tarlo  O‘z kalomi sharifi bo‘lmish Qur’oni karimda: “Bandalari ichida Allohdan qo‘rqadiganlari-olimdaridir[1] degan. Bu oyati karima bandalar ichida olimlarning fazlini, martabasini belgilab beribgina qolmay, ularning so‘zlarini ahamiyatini, aytgan gaplarini quvvatini ham belgilab beradi. Demak, ulamo Allohdan qo‘rqib biror so‘z aytar ekan, uni qabul qilishimiz, uni aytganini so‘zsiz qabul qilishimiz darkor.

Alloh azza va jalla boshqa bir oyatda: “Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin. Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?[2]deb marhamat qilgan. “Hujurot” surasidagi bu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini g‘iybatchilikdan qaytarmoqda. G‘iybatning harom, gunohi kabiralardan ekanini hamma ulamolar bir ovozdan ta’kidlaganlar.  Bu ish naqadar qabih va naqadar yomon ekanini oyati karimaning o‘zida ham ajoyib uslub bilan bayon qilinmoqda.  Bundan kelib chiqadiki olimlar ustidan gapirish, ularni g‘iybat qilish gunoh ustiga gunoh, oxiriga yetib bo‘lmaydigan sharmandalikdir.

Aytishadiki, olimlar majlisi, ularning suhbati-dinning islohi, jasadning ziynatidir. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam olimlarni “payg‘ambarlarning merosxo‘rlari”  deb ataydilar. Bu “merosxo‘rlar” modomiki dunyoga berilmasalar, o‘zlaridagi omonatga hiyonat qilmasalar bularga nisbatan behurmat bo‘lishimiz, ularni ketlaridan g‘iybat qilishimiz zaharli go‘shtni yeyishimiz kabidir.

Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam aytdilar: “Hamma olimlarning ham oldida o‘tiravermanglar, agar beshta narsadan beshta narsaga chaqirsa o‘tiringlar. Gumondan ishonchga, kibrdan tavozuga, dushmanlikdan nasihatga, riyodan ixlosga, rag‘batdan zohidlikka  (chaqirsa o‘tiringlar)”. Chunki Alloh taolo: “Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar”[3] deb aytgan. Bu oyat ilmga targ‘ib bo‘lib, olimu ulamolarning fazilatlarini yoritib beradi.

  Demak, olimlarning dinimizdagi o‘rni, mavqei beqiyosdir. So‘zimizni Xasan Basriyning  gaplari bilan quvvatlab aytamizki: “Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa yurishni bilmay hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”.

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar

o‘rta maxsus islom bilim

yurti mudarrisasi  I.Nurmuhamedova

 

[1]Mansurov A.  Qur’oni karim:ma’nolarining tarjimasi va tafsiri. -T.: TIU,  2016.  B- 437. 35:28

[2]Mansurov A.  Qur’oni karim:ma’nolarining tarjimasi va tafsiri. –T.: TIU, 2016.   B-517. 49-12

[3]Mansurov A.  Qur’oni karim:ma’nolarining tarjimasi va tafsiri. –T.: TIU, 2016.  B-60.   3:79

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

27.01.2025   5111   1 min.
“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, Bosh muftiy Navruzbay hoji Tag‘anuli 2025 yilgi vazifalarga doir ma’ruzasida ma’lum qildi, deya xabar beradi muftyat.kz.

“Imomlarning bilim va malakasini oshirish – zamon talabidir. Bu yo‘nalishdagi ish doimiy nazoratda. Imomlarga chuqur diniy bilim berish maqsadida Ostona shahrida Xusamuddin as-Sig‘oniy nomidagi Islom institutini ochdik va unga xorijdan tajribali ustozlar hamda olimlarni taklif qildik.

     Bu yil Allohning izni bilan institutning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshiramiz va ularni mas’uliyatli diniy lavozimlarga tayinlaymiz. Ushbu xayrli ishlar davomi sifatida Allohning irodasi bilan bu yil Turkiston shahrida “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom institutini ochish taraddudidamiz. Uning asosiy maqsadi janubiy hududdagi imomlarning malakasini oshirishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mazkur o‘quv muassasasi huzurida “Ijoza” berish markazi ham tashkil etiladi. Bu janubiy hudud imomlarining bilim darajasini oshirishga yangi turtki beradi», – dedi Bosh muftiy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari