Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2025   |   28 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:37
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2025, 28 Rajab, 1446

Ulamolar misoli yulduzlardir, ularga ergashganlar hidoyat topqusidirlar

19.09.2018   3374   5 min.
Ulamolar misoli yulduzlardir, ularga ergashganlar hidoyat topqusidirlar

Odam farzandini ilm va amal bilan fazilatli qilgan, ilm berilganlarni darajalarini ko‘targan va ularga oxiratda zafarni va’da qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. “Ilm olmoq har bir muslim va muslimaga farzdir”- deb marhamat qilgan sayyidimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam)ga, ahli oilalariga, hidoyat yulduzlari bo‘lgan sahobalarga, shariat peshvolari va ulamolarga cheksiz salovotu salomlar bo‘lsin.

Islom dinichalik ilmni ulug‘lagan din, tuzum yoki  falsafa yo‘q. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz qilish faqat Islom dinida mavjud.

Qur’oni karimda ilm va ulamolar eng oliy maqomga qo‘yilgan. Hadisi sharifda ham ilm, uni talab qilish, ulamolar haqida ko‘plab ma’lumotlar kelgan.

Kim Islom dinining ilmga munosabatini bilmoqchi bo‘lsa Qur’oni karim va hadisi sharifdan ilmga tegishli oyat va hadislarni o‘rgansin. Kim Islom dinining ilmga munosabatini bilmoqchi bo‘lsa, tarixga nazar solsin, Islom diniga amal qilingan paytda har bir musulmon yurtidan ko‘plab allomalar chiqqaniga guvoh bo‘lsin, ilm-fan, madaniyat mislsiz rivojlanganini bilib olsin! Bu Islom dinining ilm va ilm ahliga g‘amxo‘rligi nishonasidir. Shunday ekan, kim ilm va ilm ahliga hurmat, ehtirom, muhabbat ila munosabatda bo‘lsa, o‘z mukofatini dunyo va oxiratda oladi. Aks holda bunday baxtdan mosivo bo‘lib qolishi mumkin.

Hozirigi kunda turli ijtimoiy tarmoqlarda ilm ahli, ulamolarimiz haqida tarqayotgan turli fikr mulohazalar muslmonman degan insonni qattiq ranjitmoqda.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “U kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning: “Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo‘yadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Albatta, payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o‘shani olsa ulug‘ nasibani olibdi”, deganlarini eshitdim”, degan ekanlar. Imom Abu Dovud va imom Termiziy rivoyat qilishgan.  Ushbu hadisdagi “Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir” deyilgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning so‘zlaridan xulosa olgan holda Ushbu muborak zotdan bizga meros qolgan ulamolarimiz, olimlarimiz, imom-xatiblarimiz jamiki ilm ahli haqida bir fikr yoki bir so‘z aytar ekanmiz Habibimiz, Rasulimiz, suyukligimizning yuqorida aytib o‘tgan so‘zlarini eslab qo‘yaylik. Albatta shunda bizning oilamizdan, farzandlarimizdan jannatda boshlarimizga nurdan bo‘lgan tojni kiydiruvchi qorilar, olimlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning buyuk merosxo‘rlari yetishib chiqadi, insha Alloh.

Ijtimoiy tarmoqlarda ulamolarimiz haqidagi aytilayotgan so‘zlarga o‘z munosabatlarimizni bildirar ekanmiz. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan ushbu hadisga e’tiboringizni qaratmoqchimiz: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Kim bir hidoyatga chaqirsa unga o‘ziga ergashganlarning ajrlaricha ajr bo‘ladi. Bu esa, ularning ajrlaridan hech narsani noqis qilmaydi. Kim bir zalolatga chaqirsa, unga o‘ziga ergashganlarning gunohlaricha gunoh bo‘ladi. Bu esa, ularning gunohlaridan hech narsani noqis qilmaydi”, dedilar.

Darhaqiqat, Islomda bardavom savob yetkazib turadigan ishlardan biri ilm hisoblanadi. Ilm yo‘lida qilingan amal hech qachon zoye ketmaydi. Balki bundan o‘z egasiga uning o‘limidan keyin ham savoblar yetib turadi.

Shu bilan bir vaqtda, buning aksi ham bo‘lishi mumkin. “Kim bir zalolatga chaqirsa, unga o‘ziga ergashganlarning gunohlaricha gunoh bo‘ladi. Bu esa, ularning gunohlaridan hech narsani noqis qilmaydi”. Bir johil odam kishilarni ealolatga chaqirsa, ular johilning yomon chaqirig‘i bois adashib, zalolatga ketishlari, gunoh qilishlari mumkin. Ana o‘shanda zalolat da’vatchisiga odamlarni zalolatga da’vat qilgani uchun oladigan gunohi ustiga uning da’vati ila zalolatga ketganlarning amaliga berilgan gunohlarning barchasi yuklanar ekan. Shu bilan birga, yomon amal qilganlarnig gunohi kamayib ham qolmas ekan. Demak, har bir musulmon ilmga ega bo‘lib, kishilarni hidoyatga da’vat qiluvchi bo‘lish uchun urunmog‘i lozim.

Qolaversa, ilm qalbga hayot baxsh etadi, ko‘zga nur beradi, badanga sog‘lik keltiradi, ilm qullarni hurlar maqomiga olib chiqadi. Podshohlarga hamnishin qiladi, dunyo va ohiratda oliylikka yetaklaydi.

Ilm haqida tafakkur qilish Ro‘za ibodatiga tenglashtirilgan. Ilm amalning yo‘lboshchisidir, ilm faqat baxtli kishilarga nasib etadi. Baxtsizlar undan bebahradirlar.

Abu Dardo roziyallohu anhu: “Ulamolar misoli yulduzlardir, ularga ergashganlar hidoyat topqusidirlar”, — dedilar.

Alloh taolo barchalarimizni ilm ahliga muhabbatli qilsin va hidoyatdan ayirmasin! Amiyn!!!

Bilim yurti o‘quv ishlari bo‘yicha

mudir o‘rinbosari Rustamjon Mahmudov

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

27.01.2025   5157   1 min.
“Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom instituti ochiladi

Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, Bosh muftiy Navruzbay hoji Tag‘anuli 2025 yilgi vazifalarga doir ma’ruzasida ma’lum qildi, deya xabar beradi muftyat.kz.

“Imomlarning bilim va malakasini oshirish – zamon talabidir. Bu yo‘nalishdagi ish doimiy nazoratda. Imomlarga chuqur diniy bilim berish maqsadida Ostona shahrida Xusamuddin as-Sig‘oniy nomidagi Islom institutini ochdik va unga xorijdan tajribali ustozlar hamda olimlarni taklif qildik.

     Bu yil Allohning izni bilan institutning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshiramiz va ularni mas’uliyatli diniy lavozimlarga tayinlaymiz. Ushbu xayrli ishlar davomi sifatida Allohning irodasi bilan bu yil Turkiston shahrida “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom institutini ochish taraddudidamiz. Uning asosiy maqsadi janubiy hududdagi imomlarning malakasini oshirishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mazkur o‘quv muassasasi huzurida “Ijoza” berish markazi ham tashkil etiladi. Bu janubiy hudud imomlarining bilim darajasini oshirishga yangi turtki beradi», – dedi Bosh muftiy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari