Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Gunohlar ichida shundaylari borki, unga faqat halol rizq topish maqsadida qilingan harakat kafforat bo‘ladi”, deb o‘git berganlar (Tabaroniy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Shunday zamon keladiki, odamlar o‘zi topgan molu-dunyosini halol yo‘l bilan topdimi yoki harom yo‘l bilan topdimi ishi bo‘lmay qoladi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
Buyuk alloma Abu Lays Samarqandiy dedilar: “Kim kasbining halol bo‘lishini xohlasa besh narsani mahkam tutsin:
kasbi sababli Allohning birorta farzini ortga surmasin va ularda nuqsonga yo‘l qo‘ymasin;
kasbi sababli Allohning maxluqotlariga ozor bermasin;
kasbidan mol jamlashni emas, balki o‘zi va ahli-ayolining iffatini saqlashni niyat qilsin;
kasb qilaman deb o‘zini ortiqcha qiynamasin;
rizq Allohdan deb bilsin, kasbdan emas, kasb – sabab, xolos. Kasb qiluvchi har bir musulmonga halol kasb qilish ilmini o‘rganish vojibdir”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Alloh taolo hunarmand bandani yaxshi ko‘radi”, deb marhamat qilganlar (Termiziy rivoyati).
Oybek MA’RUPOV,
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, Bosh muftiy Navruzbay hoji Tag‘anuli 2025 yilgi vazifalarga doir ma’ruzasida ma’lum qildi, deya xabar beradi muftyat.kz.
“Imomlarning bilim va malakasini oshirish – zamon talabidir. Bu yo‘nalishdagi ish doimiy nazoratda. Imomlarga chuqur diniy bilim berish maqsadida Ostona shahrida Xusamuddin as-Sig‘oniy nomidagi Islom institutini ochdik va unga xorijdan tajribali ustozlar hamda olimlarni taklif qildik.
Bu yil Allohning izni bilan institutning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshiramiz va ularni mas’uliyatli diniy lavozimlarga tayinlaymiz. Ushbu xayrli ishlar davomi sifatida Allohning irodasi bilan bu yil Turkiston shahrida “Xo‘ja Ahmad Yassaviy” nomidagi Islom institutini ochish taraddudidamiz. Uning asosiy maqsadi janubiy hududdagi imomlarning malakasini oshirishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mazkur o‘quv muassasasi huzurida “Ijoza” berish markazi ham tashkil etiladi. Bu janubiy hudud imomlarining bilim darajasini oshirishga yangi turtki beradi», – dedi Bosh muftiy.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati