O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarda xizmat qilayotgan imom-xatiblar va imom noiblarining vazifa almashinuvi (rotatsiya) o‘tkazildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida vazifa samaradorligini oshirish hamda imom-xatiblarning ish faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida idora tizimidagi masjidlarda xizmat qilayotgan bir qator imom-xatib va imom noiblar o‘rtasida vazifa almashinuvi (rotatsiya) o‘tkazildi. Jumladan:
Muhammadiyev Rabbim “Rakat” jome masjidi imom-xatibligidan “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Ergashev A’zamjon “Imom Termiziy” jome masjidi imom-xatibligidan “Baland” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Hakimov O‘tkir “Usmon ibn Maz’un” jome masjidi imom-xatibligidan “Rakat” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Begmatov Isaqjon O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mutaxassisligidan “Usmon ibn Maz’un” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Djumanov Abdulhamid “Islomobod” jome masjidi imom-xatibligidan Xorazm viloyati Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtiga o‘qituvchi vazifasiga o‘tdi.
Abduqodirov Muhammadrahim “Abu Hurayra” jome masjidi imom-xatibligidan “Islomobod” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
Numanjanov Muxiddin “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom noibligidan “Abu Hurayra” jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Hasan Safarxoniyni qabul qildi.
Samimiy muloqot chog‘ida Homidjon domla Ishmatbekov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ikki xalqni yagona din va mushtarak qadriyatlar birlashtirib kelayotgani, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.
Uchrashuvda ilmiy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
O‘z navbatida, Hasan Safarxoniy O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyotni yuqori baholab, mamlakatning musulmon olamidagi nufuzi ortib borayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada aloqalarni rivojlantirish, qo‘lyozmalarni qo‘shma tarzda tadqiq etish, Qur’oni karim ta’limi va tafsiri, haj va umra tadbirlarini tashkil etish hamda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mehmon samimiy qabul va esdalik sovg‘a uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati