Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Mart, 2026   |   17 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:50
Peshin
12:39
Asr
16:34
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
06 Mart, 2026, 17 Ramazon, 1447

Allohning muhabbatiga erishtiradigan 10 ta amal

07.07.2018   6407   1 min.
Allohning muhabbatiga erishtiradigan 10 ta amal

 

  1. Qur’oni Karimni, uning ma’nolarini tadabbur qilib qiroat qilish!
  2. Farz ibodatlarni ado qilish bilan birga nafllarni ham qilib borish! Alloh taolo hadisi qudsiyda nafllarni qilib yurgan bandasini yaxshi ko‘rib qolishini aytgan.
  3. Allohning zikrini doim til, qalb, amal va hol bilan qilib borish!
  4. Oxirat ishini har qanday dunyo ishidan ustun qo‘yish!
  5. Allohning ismlari, sifatlari haqida o‘ylab, ular to‘g‘risida tafakkur qilish!
  6. Alloh taoloning marhamatlari, zohiriy va botiniy ne’matlari, ehsonlari haqida o‘ylash, ularni his qilish!
  7. Uning huzurida siniqlik, xorlik, muhtojlikni his etish!
  8. Kechaning oxirgi qismida xoli qolish, ibodat, Qur’on tilovati va tavba-istig‘for bilan bedor bo‘lish!
  9. Solihlar, muhiblar, sodiqlar va oriflar bilan birga o‘tirib, ularning hikmatlaridan bahramand bo‘lish!
  10. Alloh azza va jalla bilan banda o‘rtasiga to‘siq bo‘ladigan har qanday gunohlardan tiyilish!

 

 

 

Shayx Abu Bakr Roziy maqolasidan

Nozimjon Iminjonov tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ilmga intilmagan inson - o‘lik

06.03.2026   4192   1 min.
Ilmga intilmagan inson - o‘lik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muhammad Rotib Nobulsiy hafizahulloh aytadilar: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohga hamdlar bo‘lsin. Sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salavotu salomlar bo‘lsin. Ulardan ham, bizdan ham rozi bo‘l, yo olamlar Robbi.

Shak-shubhasiz, koinot, jamodot, nabotot va hayvonot bir-biridan farq qiladi. Ularning ayrimlari jonsiz, qolganlari jonli. Ba’zilari vaznga ega, hajmi bor va h.k.

Ammo insoniyat boshqa jonzotlar farqli o‘laroq fikr yuritadi, tafakkur qiladi. Agar inson ilm izlamasa, Robbi uni qo‘ygan darajadan pastga tushadi, bu esa uning mavqeiga mos kelmaydi. Natijada, u o‘lik sanaladi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo‘q. Balki yana ham yo‘ldan ozganroqdirlar(Furqon surasi, 44-oyat).

“Ular xuddi suyab qo‘yilgan xodaga o‘xsharlar” (Munofiqun surasi, 4-oyat).

“Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so‘ngra uni ko‘tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o‘xsharlar” (Juma surasi, 5-oyat).

Inson mavjudligining sirini, hayotdan maqsadni va haqiqatni izlashi, o‘lim nima, o‘limdan keyin nima bo‘lishi haqida fikr yuritishi lozim.

Har bir aqlli odam ham dono emas. O‘tkinchi dunyo hayotining mayda-chuydalariga berilib ketmagan, o‘zini Allohning bandasi ekanini unutmagan, kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan Jannat uchun harakat qilgan inson – dono sanaladi. Bunga faqat ilm izlash orqali erishish mumkin.

Demak, agar kim dunyoni istasa, ilm izlasin. Oxiratni istasa, ilm izlasin. Agar har ikkisini ham xohlasa, ilm izlasin. Alloh buyukdir”.


Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar