Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Musobaqani onlayn uzatayotganlar ajru savob olmoqdalar

22.04.2018   3073   2 min.
Musobaqani onlayn uzatayotganlar ajru savob olmoqdalar

Qur’oni karim musobaqasining nafaqat respublikamiz aholisi, balki butun dunyo bo‘ylab  kuzatib borishga sharoit qilgan tashkilotchilar juda katta savoblar olmoqda. Chunki bugungi tomoshabinlar uch guruhdan iborat bo‘lmoqda: bevosita musobaqa zalining o‘zida o‘tirib tinglayotganlar, onlayn orqali viloyatlarda kuzatayotganlar va onlayn vositasida xorijda turib kuzatayotganlar.

Bevosita musobaqada hozir bo‘lganlarning sevinchi ichiga qanchalik sig‘mayotgani ularning o‘zlariga ayon. Negaki, bunday savobli musobaqalar bugungi moddiy dunyoda unchalik ko‘p bo‘lavermaydi va ularda qatnashish har kimga ham nasib etavermaydi.

Viloyatlarimizdagi onlayn tomoshabinlar ham benihoya mamnundirlar. Chunki yo‘l uzoqlik qilib va boshqa sabablar bilan poytaxtga yetib kela olmaganlar uylarida o‘tirgan holda rohatlanib tomosha qilib, qorilarimizning go‘zal tilovatlaridan bahra olib o‘tiribdi.

Xorijlik tomoshabinlarning o‘zi ham uch guruhga bo‘linadi: tamoman xorijlik tomoshabinlar, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lib taqdir taqozosi ila ota-bobolari xorijda yashab qolib, o‘sha makonlarda tug‘ilib o‘sgan tomoshabinlar va ayni kunlarda xorijda ta’lim olayotgan, davolanayotgan, xizmat safarida yurgan va mehnat qilayotgan tomoshabinlardir.

Tamoman xorijlik tomoshabinlarni O‘zbekistonda Qur’on musobaqasining respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgani, O‘zbekistonda ham minglab murattab va mujavvid qorilar va qoriyalar bor ekani, o‘zbek xalqining bu tanlovlarga daryodek oqib kelayotgani va qorilarning bu qadar ko‘pligi hamda tilovati har jihatdan go‘zalligi bu mo‘tabar maskanda katta ilmiy baza mavjud ekanidan darak beradi deya baholashmoqda. Yaqindagina yurtimizga kelib ketgan hindistonlik talaba, murattab qori Mahbub Afzal: “Qorilaringiz zo‘r, baribir”, deb yozibdi telegramda.

Ildizi o‘zbekistonlik bo‘lgan tomoshabinlarning, bilasizki, ota-bobolari dahriy sho‘rolar davrida quvg‘inga uchrab ketgan. Ular bu musobaqaning har soniyasini ko‘zda yosh bilan, qalbda sevinch bilan kuzatmoqdalar. Atrofidagi odamlarga mana mening ona yurtimda bo‘lyapti bu musobaqa deya maqtanmoqda.

Vaqtinchalik safarda yurtdoshlarimiz musobaqani kuzatar ekan, minbarda o‘tirgan ulug‘larimizni, zalni to‘ldirib o‘tirgan odamlarimizni ko‘rib, sog‘inchi-yu sevinchi yanada ziyoda bo‘lmoqda. Nasib etsa keyingi yillarda tanlovlarda bizga ham shu muobaqada qatnashish nasib etsin deya duolarga qo‘l ochmoqda. Kecha Chexiya davlatida mehnat qilayotgan kosonsoylik ustalar “Qur’oni karimdan bahra olyapmiz, vatanni qumsab”, deb yozishibdi. Qirg‘izistonlik Alisher Asqarov degan Qur’on muxlisi esa “O‘g‘limni o‘sha yerlarda o‘qitsam bo‘ladimi”, deb havas qilibdi.

Yana eng muhimi, musobaqaning yurtimiz va dunyo bo‘ylab onlayn uzatilishi uning oshkora va shaffofligini ham ta’min etadi. Zero, bunda har bir tomoshabinning o‘zi ham bilganicha qorilarimizni baholab borish imkoniga egadirlar.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

"Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" oyatining tafsiri

23.10.2025   168   1 min.

Imom Bayhaqiy rohimahulloh Fotir surasining "Xush kalomlar Unga ko‘tarilur" 10-oyati haqida shunday deganlar:
 “Xush kalomlar va sadaqaning ko‘tarilishi ularning (Alloh tomonidan) qabul bo‘lganiga ishoradir. Farishtalarning yuksalishidan esa osmondagi manzillariga ko‘tarilishlari nazarda tutilgan. Ammo, “Allohga ko‘tarilish” degan ma’noning bu o‘rindagi ta’biri salaf solihlar tomonidan tafviz qilish bilan bo‘lsa, ulardan keyin kelgan imomlar tomonidan ta’vil qilish bilan bo‘ladi."
 Ibn Battol rohimahulloh aytadilar:
 “Mana shu bobda Imom Buxoriyning maqsadlari (mutashobih) oyat va hadislarining zohirini oladigan mujassima jahmiyalarga raddiya berish bo‘lgan. Alloh taolo jism emasligi aniq bo‘ldi, demak u biror makonga o‘rnashib olishga ham muhtoj bo‘lmaydi. Zero, Alloh  biror makon bo‘lmagan paytda ham  bo‘lgan. Alloh taolo farishtalarning ko‘tarilishini O‘ziga nisbat berishi bu ishni sharafli ekaniga dalolat qiladi. Demak, Unga ko‘tarilishlikning ma’nosi Allohni makondan poklagan holda, darajasini ulug‘lash bo‘ladi”.

Rustam Oxunjonov  "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus

islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi

Manba: @ahnafuz

MAQOLA