Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Fevral, 2026   |   18 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:09
Quyosh
07:29
Peshin
12:42
Asr
16:03
Shom
17:49
Xufton
19:03
Bismillah
06 Fevral, 2026, 18 Sha`bon, 1447

Qur’oni karimning bizgacha yetib kelgan 10 ta qadimiy qo‘lyozmasi

09.04.2018   3677   4 min.
Qur’oni karimning bizgacha yetib kelgan 10 ta qadimiy qo‘lyozmasi

 

Alloh taolo Xijr surasining 9-oyatida:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

Albatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.(Ushbu zikr

Qur’on), deb marhamat qilgan.

Bugun biz qo‘limizga tutib turgan Qur’oin karim bu – kalom, Alloh taolo O‘z Rasuli Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga yuborgan so‘zlari. Uning bitta ham so‘zi o‘zgarmagan.  Bugun sizga Qur’oni karimning dunyodagi eng qadimiy qo‘lyozmalari sifatida saqlanib qolgan nusxalari haqida xabar beramiz  

  1. Birmingem Qur’oni qo‘lyozmasi

 

 

«Birmingem Qur’oni» 2015 yil Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti kutubxonasidan topilgan. U musulmonlarning muqaddas Kitobining eng qadim nusxalaridan biri hisoblanadi. Qo‘lyozma 645 yillar atrofida yozilgan deb taxmin qilinadi. Bu vaqtda Payg‘ambarimiz alayhissalom boqiy dunyoga ko‘chmagan edilar.

  1. Sana qo‘lyozmasi

 

 

Qur’oni karimning ushbu nusxasi 1972 yil Yamanning Sana shahridagi Buyuk masjidni ta’mirlash chog‘ida  topilgan. Qo‘lyozma buzoq terisiga yozilgan. U 646, 671 yillarda yozilgan deb taxmin qilinadi.

  1. To‘pqopi qo‘lyozmasi

 

 

Bu qo‘lyozma VIII asrda yozilgan deyiladi. Qur’oni karimning ushbu qo‘lyozmasining 99 foizi saqlanib qolgan. Faqat 23 beti yo‘qolgan.

  1. Qur’onning Samarqand qo‘lyozmasi

 

 

Samarqand qo‘lyozmasi ham VIII asrda yozilgan deyiladi. Xabarlarga ko‘ra, uni uchinchi xalifa Usmon roziyallohu anhu (644-656) o‘z qo‘llari bilan yozganlar.

  1. Sankt-Peterburgdagi Qur’on

 

 

Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma – Peterburg nusxasi deb ataladi.  Qur’oni karimning Peterburg nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelgan eng qadimiy nusxalaridan biri sanaladi. U VII asr oxirlari va VIII yuzyillik boshlarida yozilgan deyiladi. Qur’onning ushbu qo‘lyozmasining 98 sahifasi saqlanib qolgan. Ular Fransiya, Vatikan, Angliya va Rossiya kutubxonalarida saqlanadi. Datiruyetsya konsom 7go nachalom 8 veka. Soxranilis 98 stranis etoy rukopisi Korana, xranyatsya v biblioteke Fransii, Vatikane, Anglii i Rossii.

  1. Havorang Qur’on

 

 

Havorang Qur’on – Qur’oni karimning IX-XX asrlar orasida tunis kufiy yozuvida havorangda yozilgan. Qo‘lyozma Qur’oni karim nusxalarining eng badiiy va qimmatbaho nusxalaridan sanaladi. U Tunis milliy kutubxonasida saqlanadi.

  1. Ibn al-Bavaba

 

 

Qo‘lyozma to‘liq saqlanib qolgan. U Dublinda saqlanadi.  Qo‘lyozmani hijriy 391 yilda Ibn al-Bavab nomi bilan mashhur bo‘lgan bag‘dodlik xattot Abu Hasan Alin yozgan.

  1. Analus qo‘lyozmasi

 

 

Qur’oni karimning Andalusdagi kufiy xatida yozilgan nusxasi XII asrda bitilgan, deyiladi.  

  1. Mag‘rib qo‘lyozmasi

 

 

Qur’oni karimning pergamentga yozilgan ushbu nusxasi XIII asrda yozilgan. mag‘ribcha uslubda yozilgani bois “mag‘rib qo‘lyozmasi” deb atalgan.

  1. Sevilya Qur’oni

 

 

XIII yuzyillikda yozilgan ushbu qo‘lyozma Islom Ispaniyasidan saqlanib qolgan eng noyob manba sanaladi. Ushbu nusxa Sevilyada  1226 (624 hijriy) yilda yozilgan. Qo‘lyozma Germaniyaning Myunxen shahridagi Bavarya davlat kutubxonasida saqlanadi.

O‘MI Matbuot xizmati

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Oq uy” jome masjidi (fotolavha)

06.02.2026   713   1 min.
“Oq uy” jome masjidi (fotolavha)

Poytaxtimizning fayzli mahallalaridan biri “Fayzobod”da qo‘r to‘kib turgan “Oq uy” jomesini ko‘rgan kishining dili yayraydi. Zamonaviy uslubda did bilan qurilgan masjidga namozxonlar shaharning hamma joyidan bir martagina bo‘lsa ham boshini sajdaga qo‘yish ishtiyoqida keladi.
 

Ilgari bu yerda faqat kichik namozxona bo‘lgan. “Fayzobod” va yon-atrofdagi mahallalarda istiqomat qiladigan namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida 2018 yilning 18 iyunida Mirobod tumanidagi “Oq uy” musulmonlar qabristoni hududida yangi jome masjid barpo etish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimligining qarori chiqdi.


2019 yil fevral oyida “Oq uy” jome masjidi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi. Hashar yo‘li bilan yangi barpo etilgan “Oq uy” masjidi 2024 yil mart oyida foydalanishga topshirildi. Masjid xonaqohi sig‘imi olti ming kishiga mo‘ljallangan, hayit namozlarida o‘n-o‘n ikki ming kishi namoz o‘qiydi.


Jomening ikki qanotida ikkinchi qavatlari ham mavjud. Shuningdek, katta xonaqoh hajmicha keladigan yerto‘lasi ham bor va u yerda ham namoz o‘qiladi. Masjidning bitta minorasi bo‘lib, balandligi yigirma yetti metr.


Imom-xatib va imom noiblari uchun to‘rtta xona ajratilgan. Ulardan tashqari, yana beshta umumiy xizmat xonasi, masjid kutubxonasida esa 250 dan ortiq kitob bor. Issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan zamonaviy tahoratxona bir vaqtning o‘zida 120 kishiga xizmat ko‘rsatadi. 


Robiya DAMIN qizi

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 1-sonidan

http://hidoyatuz.taplink.ws

“Oq uy” jome masjidi (fotolavha) “Oq uy” jome masjidi (fotolavha) “Oq uy” jome masjidi (fotolavha) “Oq uy” jome masjidi (fotolavha) “Oq uy” jome masjidi (fotolavha) “Oq uy” jome masjidi (fotolavha)
Maqolalar