
Alloh taolo Xijr surasining 9-oyatida:
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ
“Albatta, zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.(Ushbu zikr
– Qur’on), deb marhamat qilgan.
Bugun biz qo‘limizga tutib turgan Qur’oin karim bu – kalom, Alloh taolo O‘z Rasuli Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga yuborgan so‘zlari. Uning bitta ham so‘zi o‘zgarmagan. Bugun sizga Qur’oni karimning dunyodagi eng qadimiy qo‘lyozmalari sifatida saqlanib qolgan nusxalari haqida xabar beramiz

«Birmingem Qur’oni» 2015 yil Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti kutubxonasidan topilgan. U musulmonlarning muqaddas Kitobining eng qadim nusxalaridan biri hisoblanadi. Qo‘lyozma 645 yillar atrofida yozilgan deb taxmin qilinadi. Bu vaqtda Payg‘ambarimiz alayhissalom boqiy dunyoga ko‘chmagan edilar.

Qur’oni karimning ushbu nusxasi 1972 yil Yamanning Sana shahridagi Buyuk masjidni ta’mirlash chog‘ida topilgan. Qo‘lyozma buzoq terisiga yozilgan. U 646, 671 yillarda yozilgan deb taxmin qilinadi.

Bu qo‘lyozma VIII asrda yozilgan deyiladi. Qur’oni karimning ushbu qo‘lyozmasining 99 foizi saqlanib qolgan. Faqat 23 beti yo‘qolgan.

Samarqand qo‘lyozmasi ham VIII asrda yozilgan deyiladi. Xabarlarga ko‘ra, uni uchinchi xalifa Usmon roziyallohu anhu (644-656) o‘z qo‘llari bilan yozganlar.

Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma – Peterburg nusxasi deb ataladi. Qur’oni karimning Peterburg nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelgan eng qadimiy nusxalaridan biri sanaladi. U VII asr oxirlari va VIII yuzyillik boshlarida yozilgan deyiladi. Qur’onning ushbu qo‘lyozmasining 98 sahifasi saqlanib qolgan. Ular Fransiya, Vatikan, Angliya va Rossiya kutubxonalarida saqlanadi. Datiruyetsya konsom 7go nachalom 8 veka. Soxranilis 98 stranis etoy rukopisi Korana, xranyatsya v biblioteke Fransii, Vatikane, Anglii i Rossii.

Havorang Qur’on – Qur’oni karimning IX-XX asrlar orasida tunis kufiy yozuvida havorangda yozilgan. Qo‘lyozma Qur’oni karim nusxalarining eng badiiy va qimmatbaho nusxalaridan sanaladi. U Tunis milliy kutubxonasida saqlanadi.

Qo‘lyozma to‘liq saqlanib qolgan. U Dublinda saqlanadi. Qo‘lyozmani hijriy 391 yilda Ibn al-Bavab nomi bilan mashhur bo‘lgan bag‘dodlik xattot Abu Hasan Alin yozgan.

Qur’oni karimning Andalusdagi kufiy xatida yozilgan nusxasi XII asrda bitilgan, deyiladi.

Qur’oni karimning pergamentga yozilgan ushbu nusxasi XIII asrda yozilgan. mag‘ribcha uslubda yozilgani bois “mag‘rib qo‘lyozmasi” deb atalgan.

XIII yuzyillikda yozilgan ushbu qo‘lyozma Islom Ispaniyasidan saqlanib qolgan eng noyob manba sanaladi. Ushbu nusxa Sevilyada 1226 (624 hijriy) yilda yozilgan. Qo‘lyozma Germaniyaning Myunxen shahridagi Bavarya davlat kutubxonasida saqlanadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Xalqimizda qiz farzand tarbiyasi bilan odatda ona va buvilar shug‘ullanadi. Biroq bu borada otaning ham o‘z o‘rni bor. Ayniqsa, qizlar orasida beodobliklar ko‘payayotgan bugungi kunda bu masala yanada dolzarblashdi. Chunki farzand tarbiyasiga oid muammolar tahlil qilinganda aksar axloqsiz o‘g‘il-qizlar otasiz ulg‘ayotgani yoki ijtimoiy tarmoqlarga haddan ortiq berilib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.
Bugun o‘spirin qizlar orasida TikTok, Instagram, Likee kabi ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik avj olgan. Ular tarmoqlar orqali e’tiborni jalb qilish, “layk” va kuzatuvchilar bilan o‘z qadrini o‘lchashni odat qilyaptilar. Bu esa ularning tarbiyasida jiddiy muammolarni keltirib chiqaryapti.
Mohira Ochilova bunday deydi: «Oilada qizimning tarbiyasi bilan asosan o‘zim mashg‘ul bo‘lardim. Dadasi uning ra’yiga qarar, qattiq gapirmasdi. Oxirgi paytlarda u internet va telefonga mukkasidan ketib, oddiy tanbehni ko‘tara olmay qoldi. Undan telefonni olib qo‘yganimda, uydan qochib ketdi. Shahar tashqarisida yashaydigan “Tik Tok” orqali tanishib olgan qizning uyiga ketibdi. Profilaktika nozirlari yordamida zo‘rg‘a topdik. Keyingi hunari oshib tushdi. O‘z joniga qasd qilishga urindi. Zo‘rg‘a qutqarib qoldik. Ruhshunosga murojaat qildik. Shifokor “Muolajalarga dadasi bilan birga kelsin”, dedi. Uning aytishicha, qizlar otasining gapini ikki qilolmaydi, undan hadiksiraydi va aynan uning gapini qonun deb qabul qiladi. Bu gapi to‘g‘ri chiqdi, qizimning tarbiyasiga dadasi e’tiborli bo‘lgach, u o‘zgardi. Ingliz tili darslariga qatnay boshladi, maktabdagi baholari yaxshilandi, fe’li ham o‘zgardi. Chamamda onalar qalban mehribon va yumshoq bo‘ladi, bolalar buni suiiste’mol qilishadi. Shu bois ayni kunda qizlar tarbiyasida otalarning o‘rni har qachongidan ko‘ra zarur deb bilaman».
* * *
Nigora Qodirova, Sariosiyo tumanidagi 12-maktab o‘qituvchisi: «Maktabda 18 yildan beriishlayman. Turli o‘quvchilarni ko‘rdim. Taassufki, hozir nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qizlarning tarbiyasiga jiddiy qarash zamon talabiga aylandi. Oldin qizlarni tikish, to‘qish, pazandachilik kabi to‘garaklarga jalb qilardik. Ular bunga qiziqishardi ham. Ammo hozir qizlar telefonga o‘ch, bizning maktab olis qishloqda bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik o‘quvchilarda smartfonlar bor va bu narsa ularning yurish-turishiga, o‘qishiga salbiy ta’sir qilyapti. Eng yomoni, bo‘sh qoldi deguncha be’mani videolar olishga sho‘ng‘ib ketadi. Bunday qizlarni nazorat qilish, tartibga chaqirish qiyin. Ular o‘qituvchiga qo‘pol muomala qilishi ham mumkin. Ammo erkak o‘qituvchilardan biroz hadiksirashadi, baribir erkak kishining qattiqqo‘lligi ta’lim jarayonida ham sezilar ekan. Biroq maktablarda erkak o‘qituvchilar juda kam.
Odatda axloqida muammoasi bor qizlarning onasini emas, aynan otasini chaqiramiz. Chunki oilada otalarning talabchanligi yoki tarbiyaga to‘g‘ri yondashuvi farzandlar kamolida muhim. Shu bois maktabdagi ota-onalar majlisiga faqat otalar kelishini talab qilamiz». Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: “Ey iymon keltirganlar! O‘zlaringizni va oila a’zolaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz…” (Tahrim surasi, 6-oyat). Bu oyat oilada ota nafaqat moddiy ta’minlovchi, balki ma’naviy muhofiz sifatida ham mas’ul ekanini anglatadi. Afsuski, bugun oramizda shunday erkaklar borki, oilada ularning o‘rni yo‘q. Na ro‘zg‘orga qaraydi, na bolalar tarbiyasiga. Soatlab telefon tomosha qilish bilan ovora. Bundaylar ertaga qiyomatda oilasi haqida so‘roqqa tutilganda, nima deb javob berarkin?!
Qiz farzand tarbiyasini tamomila onaga tashlab qo‘yish ham to‘g‘ri emas. Ota ham u bilan hamfikr bo‘lishi zarur. Aslida qiz bola juda sezgir bo‘ladi. Padari bilan vaqtini o‘tkazishni, muvaffaqiyatini e’tirof etishini, xato qilganida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini istaydi. U otasi timsolida qo‘lidan har ish keladigan haqiqiy himoyachini ko‘radi, shuning uchun uning so‘zini ikki qilolmaydi. Shu bilan birga, qiz farzandga otaning ortiqcha qattiqqo‘lligi ham uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ortiqcha erkalatish esa mas’uliyat hissini pasaytiradi. Shuning uchun ota – mehr bilan qat’iyatni uyg‘unlashtirishi, ham do‘st, ham rahbar bo‘lgani durust.
Oramizda begona yurtlarda mehnat qilib oila boqayotgan otalar ham talaygina. Ular telefon orqali farzandlarining yurish-turishi, o‘qishini doimiy nazorat qilishlari zarur. “Yuzimni yerga qaratma, to‘g‘ri bo‘l, mehnatdan qochma, doim o‘qish bilan band bo‘l, oyingga yordam ber. Sen oilamiz nomusisan” kabi so‘zlarni tas’irchan tarzda aytish farzand tarbiyasida manfaatli bo‘ladi, inshoalloh.
Onalar ham oilada otaning nufuzini, o‘rnini farzandlariga anglatishi kerak. O‘zi ham itoatda bo‘lib, farzandlariga namuna bo‘lishi lozim. Chunki bola onaga qarab ulg‘ayadi. Oilada ko‘rganini qiladi. Ona otani behurmat qilsa, farzandlar ham shunga o‘rganadi va butun jamiyat shunday degan fikrga boradi. So‘ngra uni nazorat qiluvchi kishi yo‘qligidan o‘zboshimchalikni o‘rganadi. Ustozu o‘qituvchilarning ko‘rsatmayu dakkilari ham kor qilmaydi. Shu bois otalar oilada ham boshqaruvchi, ham tarbiyachi ekanini unutmasdan, bolalarimizga ham shuni anglataylik!
Nafisa DO‘STMUHAMMAD tayyorladi.
“Hidoyat” jurnalining 2025 yil 12-soni
http://hidoyatuz.taplink.ws