Rajab oyi to‘rt ulug‘ oyning biri. Mana shu to‘rt – zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab oylari ayrim ishlar harom qilingan oylardir. Qadimdan, ya’ni, Ibrohim (a.s.) shariatlaridan to islomgacha bo‘lgan davrlarda ham, bu oylarda urush qilish harom sanalgan. Arab xalqlari johiliyat davrida barcha samoviy dinlarning ahkomlarini buzib, o‘zgartirib yuborgan bo‘lsalar-da, mazkur to‘rtta oyning hurmatini saqlab qolganlar. Shahri haromda har qanday urushni, gunoh, zulm ishlarni, ov qilishni to‘xtatishar, hatto o‘z otasining qotilini ko‘rib qolsalar ham, undan o‘ch olishga shoshilmay, ushbu oylarning tugashini kutar edilar.
Alloh jalla jaloluhu oyati karimalarda: “Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq – o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rttasi (urush) harom qilingan oylardir...” deb, yuqorida nomi zikr etilgan oylarning shahri harom ekanligi va ularning hurmatini saqlamoq zarurligini ma’lum qiladi (Tavba, 36).
Rasululloh (s.a.v.) mazkur oyatni oxirgi hajlari – “Hajjatul vado”da o‘qib, musulmonlarga bu oylarning hurmati to‘g‘risida ko‘p ma’lumot berganlar.
Usmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: «Sa’id ibn Jubayrdan Rajab oyida turganimizda Rajab ro‘zasi haqida so‘radim. U: «Ibn Abbosning: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik», deyayotganini eshitganman», dedi».
Usmon ibn Hakim Sa’id ibn Jubayrdan Rajab oyi ro‘zasi haqida so‘rasa ham, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning doimiy odatlari haqida javob berganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam gohida surunkasiga ro‘za tutar edilar, hatto kishilar u kishi og‘izlarini ochmaslar kerak, deb o‘ylab qolishardi. Gohida esa, surunkali og‘izlari ochiq yurganlaridan kishilar endi ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylab qolishar edi. Rajab oyda ham shundoq bo‘lar edi.
Mujiyba al-Bohiliyya roziyallohu anhodan, u kishi o‘z otalari yoki amakilaridan rivoyat qiladi: «Albatta u (otasi yoki amakisi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga boribdi. So‘ngra esa bir yildan keyin yana holati va ko‘rinishi o‘zgargan holda kelibdi va:
«Ey Allohning Rasuli, meni tanimayapsizmi?», debdi.
«Seni nima o‘zgartirdi? Chiroyli ko‘rinishda eding?», dedilar.
«Sizdan ajraganimdan so‘ng faqat kechasigina taom yedim», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Nima uchun o‘zingni azobga solding?», dedilar-da, so‘ngra: «Sabr oyi ro‘zasini tut va har oydan bir kun tut», dedilar. «Bir oz ziyoda qiling, mening quvvatim bor», dedi. «Ikki kundan ro‘za tut», dedilar. «Bir oz ziyoda qiling», dedi. «Uch kundan ro‘za tut», dedilar.
«Bir oz ziyoda qiling», dedi. «Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, deb uch barmoqlarini buklab-yozib ko‘rsatdilar» (Abu Dovud, Ahmad va Nasaiy rivoyat qilgan).
Ushbu hadisdan ma’lum bo‘ladiki, Rajab oyida nafl ro‘za tutish savobli ish hisoblanadi. Ilojini topgan kishilar bu oyda nafl ro‘za tutsalar yaxshi bo‘lar ekan.
Oybek MA’RUPOV
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi
O‘MI Matbuot xizmati
#xabar #umra #rasmiy #avgust
So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;
3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal mazali taomlar;
Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;
Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.
Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.
Murojaat uchun telefonlar:
Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858
Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457
Haj va umra markazi:
Instagram (https://instagram.com/haj_umrauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA==) Telegram (https://t.me/hajumrauz)