Toshkent shahri Shayxontahur tumanidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasi g‘oliblari e’lon qilindi.
Sovrindorlar bilan tanishing:
18-25 yoshdagi qorilar o‘rtasida hifz yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Abdullayev Abdulbosit Akbarjon o‘g‘li
2-o‘rin – Rahmonberdiyev Abdusomad Sobitjon o‘g‘li
3-o‘rin – Umaraliyev Hasan Shokir o‘g‘li
3-o‘rin – Salohiddinov Nuriddin Zayniddin o‘g‘li
26-40 yoshdagi qorilar o‘rtasida hifz yo‘nalishi bo‘yicha sovrindorlar:
1-o‘rin – So‘piyev Abdulaziz Yoqubjon o‘g‘li
2-o‘rin – Xalilov Abduhakim
3-o‘rin – Rustamjonov Abdulatif
3-o‘rin – Xisorov Erkin Ahmadjon o‘g‘li
Qur’on musobaqasining 18-25 yoshdagi qorilar o‘rtasida tilovat yo‘nalishi bo‘yicha sovrindorlar:
1-o‘rin – Bahromov Bahrom Baxtiyor o‘g‘li
2-o‘rin – Abdug‘afforov Abdurahim Abduxalim o‘g‘li
3-o‘rin – G‘ayratov Murod Mahmud o‘g‘li
3-o‘rin – Qosimov Miraziz Alisher o‘g‘li
26-40 yoshdagi qorilar o‘rtasida tilovat yo‘nalishi bo‘yicha:
1-o‘rin – Mustafoyev Doston Shuhrat o‘g‘li
2-o‘rin – Nosirov Zahiriddin Zayniddin o‘g‘li
3-o‘rin – Mahmudov Hojimuhammad Yusufjon o‘g‘li
Sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.















O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
“Umra – 2026” Ramazon mavsumining ilk guruh ziyoratchilari fazilatli kunlarni muqaddas joylarda ibodat va ziyorat bilan o‘tkazmoqda.
Muborak safarning dastlabki uch kunida ziyoratchilarimiz Madina shahrida bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Ravzai shariflarini ziyorat qildilar.
Shuningdek, islom tarixida o‘chmas iz qoldirgan Uhud tog‘i, taqvo asosiga qurilgan Qubo masjidi kabi tabarruk joylarni borib ko‘rishdi.
Ziyorat davomida hamyurtlarimiz Makka shahriga yetib kelib, ixlos va muhabbat ila umra amalini ado etdilar. Muborak zamindagi Arafot, Nur va Savr tog‘lari, shuningdek, Mino va Muzdalifa vodiylari bo‘ylab qilingan ziyoratlar har bir yurtdoshimiz qalbida chuqur iz qoldirdi.
Alloh taolo Ramazon oyida ado etilayotgan ziyorat va ibodatlarni qabul aylasin! Yurtdoshlarimizning duolari ijobat bo‘lib, bunday muqaddas safarlar barchamizga nasib etsin!
+998778821858, +998998821858
@Hajumrauzbot
VILOYATLARDA (https://taplink.cc/hajumrauz)
@hajumrauz